Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston ilk bor YeOII hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishGosudarstvennie flagi stran YeAES
Gosudarstvennie flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Kuba ilk bor Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining majlisida ishtirok etadi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2021-yil 5-fevralda Olmaotada bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston mamlakat tashqi ishlar vazirligiga asosan.
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
YeOII-O‘zbekiston hamkorlik “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya hukumat rahbarlari va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi ishtirok etadi.
Bundan tashqari, tadbirda YeOIIda kuzatuvchi-davlatlar - Moldova, O‘zbekiston va Kuba ishtirok etishi kutilmoqda.
Yig‘ilishlar tor va kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tadi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ichki bozor faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida integratsion salohiyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomadan kelib chiqib, 2021-yilda YeOII bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi maqomida ushbu miintaqaviy tuzilmaning keng imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish yo‘llarini qidirish Qonunchilik palatasida tuzilgan mazkur ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish ishtirokchilari O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olganligi hamda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etishi uchun hamkorlikning huquqiy tartibga solish mexanizmlarini chuqur o‘rganish, milliy texnik tartibga solish meyorlarini YeOII talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidlashdi. YeOII bilan O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 2021-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0