Rossiya

Putin Navalniyning surishtiruvi haqida: qasr menga tegishli emas

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s uchaщimisya VUZov po sluchayu Dnya rossiyskogo studenchestva
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s uchaщimisya VUZov po sluchayu Dnya rossiyskogo studenchestva - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin Aleksey Navalniyning Gelenjikdagi "qasr" toʻgʻrisidagi filmini tomosha qilmaganligini aytdi. Ammo yordamchilari tayyorlangan videolar toʻplami bilan tanishib chiqqan.
TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya talabalari bilan oʻtkazilgan onlayn-uchrashuvda Vladimir Putin Aleksey Navalniyning Gelendjikdagi "qasr" toʻgʻrisidagi filmini tomosha qilmaganligini aytdi. Chunki bunga uning vaqti yoʻqligi, ammo yordamchilari tomonidan tayyorlangan videolar toʻplami bilan tanishib chiqqan.
Ufa davlat neft texnika universitetining 3-bosqich talabasi Daniil Chemezov YouTube'da joylashtirilgan filmning haqqoniyligi haqida soʻradi.
"Men savolingizga birdan javob bermoqchiman. U yerda mening mulkim sifatida koʻrsatiladigan hech narsa, na menga, na yaqin qarindoshlarimga tegishli emas va hech qachon tegishli boʻlmagan. Hech qachon", - deb javob berdi Putin.
Oʻtgan haftada Navalniy jamoasi prezident Qora dengiz qirgʻogʻida 100 milliard rublga qasr qurgani toʻgʻrisidagi materialni eʼlon qildi.
Kreml Gelenjikdagi Vladimir Putinning "qasri" haqidagi Aleksey Navalniy tomonidan oʻtkazilgan surishtiruvni asossiz safsata va kompilyatsiya deb atadi.
"Bilasizmi, bu mavzu 3-4 yil oldin tarmoqqa tashlangandi. Va bu holatda quruq safsata qilinmoqda, mana bu hiyla-nayranglardan foydalanishga bir necha bor urinishdi. Koʻpincha oʻzlarini qiynashmayapti ham <...> hech boʻlmaganda biron bir narsani isbotlash emas, hech boʻlmaganda tasvirlab berishga minimal urinishlar bilan” - dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Bolshoy Kremlevskiy dvorets i Vodovzvodnaya bashnya Moskovskogo Kremlya. - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
Kreml "Putin qasri" haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi
U yagona yangilik bu - "montaj hikoyalari"dan foydalanish boʻlgan, deya taxmin qildi.
"U yerda, maʼlum bir qasridagi basseynda, Putinning Yeniseyda suzib yurgani aks etgan <...> butun dunyoda tarqalgan <...> tasvirlar qoʻshib qoʻyilgan. Bu shunday quruq konstatatsiya", - deb tushuntirdi Kreml vakili.
Bundan tashqari, Peskov rossiyaliklarni "FBK muttahamlariga" pul oʻtkazmaslikka chaqirdi, bunday tekshiruvlar – bu firibgarlik ekanligini taʼkidladi.
"Davlat rahbariga qarshi tayyorlangan va tayyorlanayotgan axborot xujumlari haqida allaqachon bizga maʼlum. Ular boʻlgan, afsuski, davom etadi. Bu holatda prezident mavjud boʻlmagan mulkka egalik qilishda ayblanmoqda. Butun mol-mulk Rossiya prezidenti tomonidan har yili deklaratsiyalanadi va chop etilgan yillik deklaratsiyada aks etgan", - deb xulosa qildi Peskov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala