Analitika

Yangi sovuq  urush: Amerika dengiz piyodalari nega Shimolda toʻplanmoqda

Rossiyani jilovlab turish bahonasida AQSH va Norvegiya Arktikada yangi sovuq urushni va qurollanish paygasini boshlab yuborishgan.
TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik, Nikolay Protopopov. AQSH armiyasi Norvegiyada, Rossiya chegaralariga yaqin joyda toʻplanmoqda. Yanvar oyida ushbu qirgʻoqda mingga yaqin AQSH dengiz piyodalari olib kelingan edi. Shu bilan birga amerika siyosatchilari va generallari tinimsiz ravishda Arktikada tanglik oshib borayotganini haqida bayonot bermoqda. Aslida ushbu tanglikni ularning oʻzlari yaratmoqda. Pentagon Norvegiyani  nimalarga tayyorlayotgani haqida RIA Novosti maqolasida.

Vikinglar uyiga mehmonga

Amerikaliklar “dengiz kuchlarining Shimoliy Karolinadan Norvegiyaga olib kelishiga “oddiy rotatsiya” sabab deb, bir necha yildan buyon Rossiya chegaralari yaqinida oʻz harbiy kontingentni doimiy saqlab turmoqda.
Ofitser na bortu podvodnoy lodki USS Florida  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Rossiyaga signal". AQSH nima uchun Norvegiya qirgʻoqlariga maxfiy suv osti kemasini yubordi
Ularning vazifasi – NATOdagi hamkasabalari bilan birgalikda harakat qilishni mashq qilish va norvegiyalik instruktorlar qoʻli ostida sovuq shimol iqlimida jangovar harakatlar olib borishni oʻrganishdir.
Fevral oyida Amerika, Norvegiya, Gollandiya va Angliya askarlari – jami 10 mingga yaqin, Joint Viking 2021 nomli keng koʻlamli harbiy oʻquv-mashgʻulotlarida ishtirok etadi. NATOchilar qoʻshinlarni katta masofaga tezda yetkazish, barcha darajada texkor axborot almashish tizimini sinab koʻrishni mashq qilishadi va bir necha operatsiyalar oʻtkazishadi.
JointViking harbiy oʻquv-mashgʻulotlari har yili boʻlib oʻtadi. Unda NATO qoʻshinlari – bronetexnika, artilleriya, aviatsiya, harbiy kemalar va suv osti kemalari ishtirokida, aksariyat oʻrmon va togʻlardan iborat bir necha yuz kvadrat kilometr maydonda, yuqori intensivli jangovar harakatlarni mashq qilishadi.
Harbiy ekspert Aleksandr Jilin aytishiga koʻra, AQSH oʻz harbiy doktrinasiga koʻra, ularning armiyasi, asosan, xorijda jang qilishni oʻrganmoqda.
“Shu sababli ham amerika harbiylari doimiy ravishda turli davlatlarda paydo boʻlib, u yerda razvedka, aerodromlarni tekshirish, dengiz yoʻllarini tekshirish bilan shugʻullanishadi, deydi Jilin. –Boshqa davlatlar harbiylari bilan olib birgalikda oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga alohida eʼtibor beriladi, chunki AQSH har doim birovlar qoʻli bilan jang qiladi”.
Voyennoslujaщiye SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Ruslarning nozik joyiga uramiz": NATO nimani rejalashtirgan
Ekspert xulosasiga koʻra, Pentagon vaziyatni ataylab tang qilmoqda. Chunki AQSH va NATO Arktikaga daʼvo qilishda davom etishmoqda.
“Dengiz piyodalari oʻquv-mashgʻulotlarida hujum operatsiyalari mashq qilinmoqda, himoya emas – deydi Jilin. – Jumladan Rossiyaga qarshi harakatlar ham. NATOning Yevropadagi harakatlari umumiy tahlil qilinganda - ular Moskva uchun tanglik hududlari tashkil qilishga qaratilganini koʻrish mumkin. Bizning armiyamiz ham Norvegiyada sodir boʻlayotgan voqealarga befarq qarab tura olmaydi. Vahima yoʻq, lekin kuch va resurslarni sarflashga toʻgʻri kelmoqda – biz vaziyatni toʻliq nazorat ostiga olishimiz kerak, hech qanday provokatsiyaga yoʻl qoʻymasligimiz kerak”.

Shimoliy platsdarm

“Valday” tahliliy klubi eksperti Artem Kureyev aytishiga qaraganda, Arktika sharoitida jang qilishni oʻrganish uchun amerikaliklarning Alyaskada joylashgan rivojlangan infratuzilmasi bor. Lekin shunga qaramasdan ular Norvegiyada mashq qilishni xush koʻrishadi.
Esminets Nastoychivыy v Baltiyske Kaliningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
“Chiroyli yurish”: Rossiya Qora dengizda NATO kemalarini jilovlash chorasini topdi
“Aslida ushbu mashgʻulotlar NATOda yetakchilikni saqlab turish uchun kerak. Norvegiya – NATOning eng “eski” aʼzolaridan biridir. Oslo Rossiyani oʻziga dushman deb biladi. Sovuq urush yillari vaqtida norvegiyaliklar Arktikada SSSRga qarshilik koʻrsatish uchun infratuzilma yaratib, undan hozirgacha foydalanib kelishmoqda. Agar vaziyat haqiqatdan ham keskinlashsa, Shimoliy Norvegiya darhol Rossiyaning Murmansk shahri yoʻlida bosh platsdarmiga aylanadi”.
Harbiy dengiz floti va Dengiz piyodalari korpusining yangi strategiyasiga koʻra, Vashington Arktikadan boshqa davlatlarni siqib chiqarib, u yerga oʻzi oʻrnashib olishni istaydi. "AQSH harbiy-dengizchilarisiz Arktika hududida tinchlik va faravonlikka Rossiya va Xitoy xalal beradi”, - deyilgan AQSH HDFning yangi 10 yillik doktrinasida.
Posol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
Antonov: Rossiyani jilovlab turish - AQSH siyosatining “alfa va omega”si hisoblanadi
AQSH HDF vaziri Kennet Breytueyt aytishiga koʻra, Pentagon Arktikada “Uzoq Shimolda Moskvaning kengayishini oldini olish va Rossiya qirgʻoqlari yaqinidagi akvatoriyani nazorat qilish uchun”  Arktikada doimiy ravishda jangovar suv usti va suv osti kemalarini, shuningdek kuchli quruqlik qoʻshinlarini joylashtirish ham rejalashtirilgan.
Norvegiya mudofaa vaziri Frank Bakke-Yensen, aytishiga qaraganda - davlati xavfsizlik siyosatining asosiy yoʻnalishi – Arktika va Rossiyaning hududdagi faolligidir. Ushbu yoʻnalishda transatlantik aloqalar – hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uzoq Shimolda Norvegiya NATO boʻyicha hal qiluvchi ittifoqchilarning kuchayishi tarafdoridir.
“AQSH HDF, dengiz piyodalari, maxsus kuchlar, harbiy havo kuchlari va kosmik kuchlari bilan birgalikda Arktikada hamkorlar bilan strategik aloqalarni rivojlantiramiz, - dedi vazir. – Bu Uzoq Shimolda ittifoqchi harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlarining doimiy oʻquv-mashgʻulot olib borishini nazarda tutadi. Norvegiya ushbu tadbirlarda ishtirok etib, ittifoqchilar bilan operativ hamkorlikni rivojlantirish niyatida".

Barcha frontlar boʻylab

Aytish joizki, AQSH Shimolda jiddiy oʻrnashib olgan va bunda Norvegiyaning ahamiyati juda katta boʻldi. Oʻtgan yilning sentyabrida Tromse portiga Seawolf klassiga mansub suv osti kemasi yetib kelgan edi. Uning asosiy missiyasi – Rossiya suv osti kemalari yoʻnalishini kuzatishdir.
Biroz oldin boʻlsa AQSH Rossiyani Shimolda “jilovlab turish” uchun 2011 yilda tarqatib yuborilgan Ikkinchi flotini qayta tiklagan edi.
Amerikanskiy avianosets CVN-78 Gerald R. Ford - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Dunyo okeanida ustuvorlik qilish: AQSH dengiz flotining 10 yillik rejasi
Sovuq urushning yana bir belgisi – 1960 yillardan qurilgan Norvegiyanng Olavsvern yer osti harbiy bazasi faoliyati qayta tiklanmoqda. Olavsvern – Rossiya chegarasidan 350 km masofada joylashgan boʻlib, undan suv osti va suv usti kemalarini taʼmirlash, oʻq-dorilarni saqlash uchun foydalaniladi. Sovuq urush davrida bu yerda joylashtirilgan harbiy kemalar Sovet Ittifofi HDFga Norvegiya dengizi va Shimoliy Atlantikaga chiqish yoʻlini toʻsib qoʻyishi mumkin deb hisoblangan.
Pentagon Arktikada harbiy-havo kuchlarini oshirishga jiddiy qaror qilgan. Oʻtgan yil Amerika va Norvegiya harbiy kuchlarining keng koʻlamli oʻquv-mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Birdaniga 6ta B-52 Stratofortress - strategik bombardimonchi samolyotlar Shimoliy polyus ustidan uchib oʻtib Norvegiya strategik qiruvchilari bilan birgalikda sinov parvozlari amalga oshirdi.
Fevralda esa Pentagon Texasdan Norvegiyadagi Erland aviabazasiga 4ta tovush tezligidan tez uchadigan B-1BLancer strategik bombardimonchilarini joylashtirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala