Qashqadaryoda Islom Karimov busti uchun o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ildimi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBronzoviy bust pervogo prezidenta Uzbekistana Islama Karimova
Bronzoviy bust pervogo prezidenta Uzbekistana Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi maktablarning birida o‘qituvchilar hokimlikdan Islom Karimov busti tarqatilgani va bu uchun ulardan majburan pul yig‘ilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Qashqadaryoda viloyatidagi maktablarda Islom Karimov busti uchun majburiy pul yig‘ilgani haqida xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi.
Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish hamda kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha tayyorlangan bustlarni viloyatdagi idora, korxona, tashkilot va muassasalarga hamda shahar va tumanlar hokimlarga yetkazib berish to‘g‘risida taklifiy taqsimot jadvaliga ko‘ra, viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga 200 dona taqsimot qilingan.
Shkola - Sputnik O‘zbekiston
"Hisob berish esdan chiqibdi": Bulung‘urda pedagoglar mukofot puli nega "arra" qilingan edi?
Ushbu bustlar viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ichki taqsimoti asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga taqsimlab berilgan. Jumladan, Chiroqchi tumaniga 30 dona, Qarshi shahriga 9 dona, Qarshi tumaniga 12 dona, Mirishkor tumaniga 7 dona, G‘uzor tumaniga 12 dona, Dehqonobod tumaniga 17 dona, Qamashi tumaniga 15 dona, Koson tumaniga 18 dona, Kitob tumaniga 16 dona, Muborak tumaniga 6 dona, Nishon tumaniga 7 dona, Kasbi tumaniga 10 dona, Shahrisabz tumaniga 15 dona, Yakkabog‘ tumaniga 18 dona, Shahrisabz shahriga 4 dona bustlar taqsimot qilib berilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida homiylik yoki budjetdan tashqari tushgan mablag‘ asosida shakllantirib, maktablarga tarqatish uchun saqlanmoqda.
Qolgan 5 ta tumanda Islom Karimovning bustlari, o‘zlari tashabbus ko‘rsatgan maktab direktorlariga tarqatilgan. Jumladan, Chiroqchi, Muborak, Qarshi, Koson, Dehqonobod tumanlari maktablariga tarqatilgan.
“Pul mablag‘lari maktablar jamoasidan yig‘ib olinmaganligi ma’lum bo‘ldi”, — deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0