O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 78,4 mingdan oshdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVremenniy gospital COVID-19 na VDNX
Vremenniy gospital COVID-19 na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan kuni yana 54 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Shulardan 30 nafari Toshkent shahridan.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘tgan kun davomida O‘zbekistonda yana 54 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 78 429 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Mashina skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus "britancha" shtammi bilan kasallangan bolalarda kuzatilayotgan 5 ta alomat
Yangi kasallanganlarning 1 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 30 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Mamlakatda kasallikdan sog‘ayganlar jami 76862 (+47) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Qurbonlar kuzatilmagan va ular soni 621 nafarligicha qolmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 946 nafar bemordan 158 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0