Angrenda obodonlashtirishga ajratilgan 638,3 mln so‘m talon-taroj qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq rahbar va uning sheriklari 2019-yilda shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida smetada nazarda tutilgan ishlarni to‘liq bajarmay, 638,3 mln so‘mni “yeb ketgan”.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbarining talon-torojliklari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Noviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
“O‘lik jonlar” ortidan 983,5 mln so‘mni o‘margan bog‘cha mudirasining kirdikorlari fosh bo‘ldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda Angren shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq rahbari A.I., “A.S.” MChJ rahbari X.I., “J.T.” MChJ rahbari J.A. va boshqalar obodonlashtirish uchun budjetdan ajratilgan 638,3 mln so‘mni talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Ular 2019-yilda shaharda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarida smetada nazarda tutilgan ishlarni to‘liq bajarmagan.
O‘tgan yili O‘zbekistonda mansabdorlar eng ko‘p qaysi jinoyatga qo‘l urdi
Mazkur holat yuzasidan A.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0