Hindistonda TikTok umrbodga bloklandi

© AFP 2023 / MANJUNATH KIRANTikTok
TikTok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston mamlakatda 59ta Xitoy dasturidan, ular ichida TikTok tarmog‘idan foydalanishga doimiy taqiq joriy qildi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Hindiston mamlakatda 59ta Xitoy dasturidan, shu jumladan TikTok ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishga rasmiy doimiy taqiq joriy qildi. Bu haqda NDTV o‘z manbasiga asosan xabar qildi.
Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent hokimi Ortiqxo‘jayev TikTok uchun videoga tushdi
Qarorni Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qabul qildi. Bungacha, o‘tgan yilning iyun oyida Hindiston hukumati xitoylik dizayndagi 59 ta dasturdan foydalanishni taqiqlab, ularni mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va milliy xavfsizligiga "ziyon yetkazadigan" deb atadi.
Doimiy ravishda taqiqlangan platformalar ro‘yxatiga Alibaba kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan WeChat, UC Browser va TikTok kiritildi.
Xitoy dasturlarini taqiqlash to‘g‘risidagi qaror Ladaxning tog‘li chegara hududida ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlashuv fonida qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘z prezidentligi davrida Donald Tramp “TikTok va WeChat ilovalari tahdidi”ga qarshi kurash to‘g‘risida farmonni imzolagandi. Hujjatda TikTok va WeChat AQSh milliy xavfsizligi, iqtisodiyoti va siyosatiga tahdid sifatida ko‘rsatilgan. Ta’kidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchi, shu jumladan u joylashgan joyi va qidirgan narsalar haqidagi ma’lumotlarni yig‘adi.
Yangiliklar lentasi
0