Jamiyat

Kontsert tadbirlarini tashkil etishga ruxsat berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnichnыy kontsert v chest Dnya konstitutsii Uzbekistana
Prazdnichnыy kontsert v chest Dnya konstitutsii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 28 yanvardan kontsert va tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsat berilmoqda. Bunda tomoshabinlar soni 50 foizdan oshmasligi zarur.
TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Joriy yilning 28 yanvaridan boshlab sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya etgan holda kontsert va tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsat berildi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan kontsert va tomosha tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha quyidagi talablar belgilandi:
  • kontsert saroylarining tomoshabin sigʻimini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmagan holda tashkil etish;
  • kontsert saroylarining tomoshabin oʻrindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini taʼminlash va bu borada oraliq masofani saqlash uchun talab etiladigan oʻrindiqlarni konservatsiya qilish;
  • kontsert saroylariga tashrif buyuruvchi tomoshabin hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qatʼiy niqobda boʻlish.
Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obʼyektlar tomonidan soat 8:00 dan 23:00 gacha boʻlgan davrida faoliyat yuritishi bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlar bekor qilindi.
Ushbu xizmatlar Vazirlar Mahkamasining “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obʼyektlarda jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2019 yil 24 iyuldagi qarori talablari doirasida tashkil etilishiga ruxsat berildi.
Maxsus komissiya fuqarolardan sanitariya-epidemiologik qoidalarga qatʼi rioya etishlari hamda mamlakatda epidemiologik barqarorlikni taʼminlash borasida erishilgan bugungi vaziyatni bardavom boʻlishi uchun shaxsiy masʼuliyatni oshirishni soʻragan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader