Video

Raqibini “raqsga tushirgan” Murodov: UFC 257 musobaqasining yorqin lahzalari

Kuni kecha Abu-Dabida UFC 257 musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbekistonlik jangchi Mahmud Murodov amerikalik raqibini yer tishlatdi.
Murodov uchinchi raundda kuchli zarbasi bilan amerikalik Endryu Sanchesni muvozanatni yoʻqotib qoʻyishiga erishdi va ketma-ket zarbalar berdi. Hakam ushbu vaziyatdan soʻng jangni toʻxtatdi va oʻzbekistonlik jangchining gʻalabasini qayd etdi. Shu tariqa, u UFCʼdagi uchinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Maxmud Muradov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Mahmud Murodov gʻalabasidan soʻng UFC prezidentiga nima dedi
Shuningdek, UFC 257 doirasidagi muxlislar intiqlik bilan kutgan jang irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Dastin Porye oʻrtasida boʻlib oʻtdi.
Birinchi raundda Makgregor ustunligini namoyish etdi. Biroq ikkinchi raundda Porye qulay fursatni poylab, ketma-ket zarbalar bilan Konorni chalgʻitib qoʻydi. U amerikalikning zarbalaridan yerga quladi va bu uning sport faoliyatini ilk nokauti boʻldi.
Shu tariqa, Porye Konordan qasos olishga muvaffaq boʻldi. Makgregor va Porye 2014 yilda yuzma-yuz kelgan edi. Oʻshanda Konor amerikalik jangchini birinchi raundning ikkinchi daqiqasida nokautga uchratgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala