Toshkent va Romitan tumanlarida 2,7 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilindi

Obuna bo‘lish
Toshkent tumanida “M.G.” MChJ rahbari o‘zboshimchalik bilan gaz quvuriga noqonuniy ulangan va 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan. Romitanda esa tadbirkor “Hududgazta’minot” AJga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent va Romitan tumanlarida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “M.G.” MChJ rahbari M.M. jamiyatga qarashli issiqxonaning tabiiy gaz quvuri 2020-yilning oktabr oyida gaz ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomaga asosan tamg‘alangan bo‘lsada, tamg‘ani buzib, o‘zboshimchalik bilan gaz quvuriga noqonuniy ulangani aniqlangan. Gazdan noqonuniy foydalanganlik sabab 1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Gazovaya konforka - Sputnik O‘zbekiston
Navoiyda xususiy korxona rahbari 437 mln so‘mlik gazni o‘mardi
Xuddi shunday holat Romitan tumanida ham aniqlangan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.M. “M.” fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil qilib, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. U “Hududgazta’minot” AJ manfaatlariga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Hisob kitoblarga ko‘ra, noqonuniy ravishda foydalanilgan tabiiy gaz kuz- qish mavsumida hududdagi 110 tadan 200 tagacha xonadonni uzluksiz gaz bilan ta’minlashga yetishi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 1852-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Hozir tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0