Hodisalar

Toshkentda yosh yigit otasini pichoqlab qoʻydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Yakkasaroy tumanida 47 yoshli muqaddam sudlangan A.I. pichoqlangan holda topilgan. Uni kelishmovchilik natijasida 17 yoshli oʻgʻli pichoqlab qoʻygani aniqlangan.
TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 17 yoshli maktab oʻquvchisi oilaviy kelishmovchilik tufayli 48 yoshli otasini pichoqlab qoʻydi.  Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Knife - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Sirdaryoda fuqaro qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimini pichoqlab oʻldirdi
Maʼlum boʻlishicha, 22 yanvar kuni soat 01.00 da tuman IIO FMB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unda Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylardan biridagi xonadonda oilaviy kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida maʼlum qilingan. IIBB xodimlari tegishli manzil boʻyicha yetib borib, 47 yoshli muqaddam sudlangan A.I.ni pichoqlangan holda topishgan.
Aniqlanishicha, kelishmovchilik natijasida 17 yoshli oʻrta maktab oʻqituvchisi oʻz otasi fuqaro A.I.ni pichoqlab qoʻygan. Jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan, ammo tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala