Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar temir yoʻli quriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAfrosiab
Afrosiab - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston bosh vaziri sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida Turkiston-Chimkent-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha tezyurar temir yoʻli qurilishi boshlanishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Tez orada Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar temir yoʻli qurilishi boshlanadi. Bu haqda Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin Hukumatning kengaytirilgan yigʻilishi davomida maʼlum qildi.
Kazaxstanskaya aviakompaniya SCAT poluchila razresheniye na vыpolneniye poletov po marshrutu Aktau-Urgench-Aktau. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qozogʻiston aviakompaniyasiga Aqtau – Urganch yoʻnalishi boʻyicha parvozlarga ruxsat berildi
“Sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida Turkiston-Chimkent-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha tezyurar temir yoʻli qurilishi boshlanadi”, - dedi mamlakat bosh vaziri.
Maminning soʻzlariga koʻra, bu sayyohliq sohasida 22 ming yangi ish oʻrinlarini yaratishga imkon beradi. Shuningdek, turizmga bogʻliq sohalarda ham 100 mingta yangi ish oʻrinlari yaratilishiga yordam beradi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkiston-Chimkent-Toshkent tezyurar temir yoʻli qurilishini Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Qozogʻiston bosh vazirining oʻrinbosari Roman Sklyar muhokama qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala