Oʻzbekistonga 2020 yilda asosan qaysi davlatlardan tashrif buyurishdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPassajirы v aeroportu Vnukovo
Passajirы v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan yili Oʻzbekistonga 1,5 million chet ellik tashrif buyurgan. Bu 2019 yilga qaraganda 77,7 foizga kam. Kelganlarning asosiy safar maqsadlari qarindoshlarni yoʻqlash boʻlgan.
TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. 2020 yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekistonga sayyohlik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 2019 yilning shu davriga nisbatan ushbu koʻrsatkich 77,7 foizga kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi hisobotida keltirilgan.
Oʻtgan yili 2 million Oʻzbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadlarda chet elga ketgan. Bu koʻrsatkich 2019 yilga qaraganda 76,3 foizga kam.
Vid na gorod Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston
Pandemiya davridagi turizm: Abduhakimov 2021 yil boʻyicha rejalarni maʼlum qildi
MDH davlatlaridan 1,4 million kishi kelgan (tashrif buyurganlarning 94,4 foizi), boshqa davlatlardan esa 83,8 ming kishi (yoki 5,6 foiz) kelgan.
Oʻzbekistonga kelgan chet elliklarning eng katta oqimi quyidagi davlatlardan qayd etildi: Qirgʻiziston - 508 ming kishi (barcha kelganlarning umumiy sonidan 33,8 foiz), Qozogʻiston - 424,1 ming kishi (28,2 foiz), Tojikiston - 337,5 ming kishi (22,4 foiz), Rossiya - 81,6 ming kishi (5,4 foiz),Turkmaniston - 60,6 ming kishi (4 foiz), Ozarbayjon - 2,2 ming kishi (0,1 foiz) va Belarus - 1,6 ming kishi (0,1 foiz).
Mamlakatga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari qarindoshlarni yoʻqlash boʻlgan (87,8 foiz). Sayyohlik maqsadida – 8,6 foiz, davolanish maqsadida – 1 foiz, xizmat yuzasidan – 1,2 foiz, tijorat uchun – 1,1 foiz, oʻqish uchun – 0,3 foiz chet el fuqarolari tashrif buyurgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala