Dunyoda

Faqat koʻp qirrali hamkorlik insoniyatni qutqarib qoladi - Putin Davos forumida nima dedi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma "Davosskaya povestka dnya 2021"
Prezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston
“Bir choʻqqili dunyo” qurishga boʻlgan urinish davri tugadi, endi koʻp qirrali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishimiz kerak, - dedi Putin.
TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davoss forumining ochilish marosimida onlayn nutq soʻzladi.
Oʻz soʻzida Rossiya prezidenti bugungi kunda dunyoda sodir boʻlayotgan global jarayonlar va muammolar, koronavirus pandemiyasi va vaktsina yaratish masalalari haqida toʻxtalib oʻtdi.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinыm - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
Putin va Baydenning ilk telefon suhbati: prezidentlar nimalarni muhokama qildi
Vladimir Putin aytishiga qaraganda, 2020 yilda sodir boʻlgan COVID-19 pandemiyasi insoniyat uchun misli koʻrilmagan chaqiriq boʻlgan. Koronavirus tufayli butun dunyoda iqtisodiy va ijtimoiy muammolar keskinlashgan. 
Birinchi navbatda, bunga sabab - iqtisodiy muammolar. Kambagʻal davlatlar va jamiyatning daromadi kam boʻlgan qatlami pandemiya oqibatida yanada ogʻir ahvolga tushib qolishi oqibatida norozilik darajasi keskin oshib bormoqda. Bu esa kelajakda davlatlarni, jamiyatlarni parchalanishiga, barchaning barchaga qarshi urushi boshlanishi mumkin.
Rossiya prezidenti fikriga koʻra, dunyoda soʻnggi bir necha oʻn yillikda olib borilgan globalizatsiya jarayonlari  – faqat Amerika va Yevropaning yirik korporatsiyalari daromadi oshishiga olib kelgan. Dunyodagi eng yirik raqamli kompaniyalar esa hukumatlar bilan raqobat qilish darajasiga yetgan.
“Insoniyat tarixida turli davlat va jamiyatlar orasida raqobat, kurash, manfaatlar toʻqnashuvi hech qachon toʻxtamagan, lekin pandemiya kabi barcha uchun ogʻir boʻlgan davrlarda – barcha davlatlar saʼy-harakatlarini birlashtirishi maqsadga muvofiq boʻlar edi. Menimcha hozir aynan ana shunday vaqt”, - dedi Putin.  
Bunday hamkorlik, xususan koronavirusga qarshi vaktsina yaratish sohasida yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Koronavirusga qarshi vaktsinani barcha davlatlarga, jumladan Afrika davlatlariga ham yetkazib berish kerak.
Lyudi v maskax v Bryussele, Belgiya - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
Yevropa Rossiya bilan munosabatlarini qutqarishga urinmoqda – oʻz kelajagini ham
Ikkinchidan, badavlat davlatlar kambagʻal davlatlar bilan maslahatlashgan holda migratsiya muammolarini ham hal qilishi mumkin. 
Rossiya prezidenti, shuningdek “bir choʻqqili dunyo” qurishga boʻlgan urinish davri tugaganini  maʼlum qildi. Ushbu vaziyatda global mojaroga yoʻl qoʻyilsa – insoniyat tsivilizatsiyasi yoʻq boʻlib ketishi xavfi juda katta.
Bugungi kunda davlatlar bir biri bilan koʻp qirrali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishlar kerak. Ana shunda barcha siyosiy, iqtisodiy va gumanitar muammolarni yengish mumkin boʻladi, deydi Putin.
Nutq soʻnggida Rossiya prezidenti Yevropa davlatlariga oʻtgan zamon qoʻrquvlaridan voz kechib Rossiya bilan toʻlaqonli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala