Migratsiya

Moskvada xorijlik taksichilar va kuryerlar bepul koronavirusga qarshi emlanishi mumkin

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishVoditel v zaщitnoy maske za rulem taksi
Voditel v zaщitnoy maske za rulem taksi - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq “Yandeks” kompaniyasi Moskva meriyasiga ularning fuqaroligi va tibbiyot sugʻurtasi mavjudligidan qatʼi nazar taksichilar va kuryerlarga bepul emlanish imkoniyatini berishni soʻrab murojaat qilgan edi.
TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Moskva hukumati chet ellik haydovchilar va kuryerlarni koronavirusga qarshi emlash toʻgʻrisidagi taklifni qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda poytaxt Transport departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Avvalroq “Yandeks” kompaniyasi Moskva meriyasiga ularning fuqaroligi va  tibbiyot sugʻurtasi mavjudligidan qatʼi nazar taksichilar va kuryerlarga bepul emlanish imkoniyatini berishni soʻrab murojaat qilgan edi. Hozir emlanish uchun sugʻurta talab etiladi.
Vaktsinatsiya ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
Migrantlar qachon COVID-19’ga qarshi emlanadi?
“Yandeks” taklifini qoʻllab-quvvatlaymiz”, - deyiladi xabarda.
Transport departamenti rahbari Maksim Liksutov Moskva hukumati barcha taksi kompaniyalari haydovchilari uchun emlashni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
“Hamma kompaniyalar hamda turli yetkazib berish xizmati kuryerlarini taklif etamiz”, - degan u.
Xabarda emlanish mumkin boʻlgan manzillar sal keyinroq eʼlon qilinishi qoʻshimcha qilingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova migrantlar qachon COVID-19’ga qarshi emlanishi haqidagi savolga javob bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala