O‘zbekiston va Germaniya o‘zaro maxfiy axborot almashadi

© Sputnik / Savelyev Vitaliy / Mediabankka o‘tishBundestag
Bundestag - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida maxfiy axborotni almashish va o‘zaro muhofaza qilish to‘g‘risidagi bitim imzolangan.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. 2019-yil 28-mayda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida maxfiy axborotni almashish va o‘zaro muhofaza qilish to‘g‘risidagi bitim imzolangandi.
Shavkat Mirziyoyev i Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya Markaziy Osiyoda faqat O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettiradi - DW
Shavkat Mirziyoyev ushbu xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida prezident qarorini imzoladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgildi.
O‘zbekiston Tashki ishlar vazirligi nemis tomoniga xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani yuboradi.
Avvalroq O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi AQSh FBR bilan maxfiy ma’lumotlar almashishni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilingandi. Xalqaro terrorizm va narkotrafikka qarshi birgalikda kurash nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0