Rossiya

Putin va Baydenning ilk telefon suhbati: prezidentlar nimalarni muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinыm
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinыm - Sputnik Oʻzbekiston
Jo Baydenning matbuot kotibi Jen Psaki suhbat Amerika tomoni tashabbusi bilan boʻlib oʻtganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bir necha kun avval AQSH prezidenti lavozimini bajarishga kirishgan Jo Bayden bilan ilk bor telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Jo Baydenning matbuot kotibi Jen Psaki suhbat Amerika tomoni tashabbusi bilan boʻlib oʻtganini maʼlum qildi.
Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
Putin Baydenni prezident saylovlaridagi gʻalabasi bilan tabrikladi
Kreml xabariga koʻra, Putin Baydenni faoliyatini boshlagani bilan tabriklagan. Shuningdek, u Rosiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlarning normallashishi  “har ikkila mamlakat va butun xalqaro hamjamiyat manfaatlariga javob bergan boʻlishini” taʼkidlagan.
Bundan tashqari, prezidentlar Strategik hujumkor qurollanish toʻgʻrisidagi shartnomani (DSNV) uzaytirishga oid kelishuvni uzaytirishga qaratilgan notalar almashinuvini olqishlagan. Kreml matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, tomonlar tez orada bu xalqaro huquqiy mexanizmning barcha zaruriy jarayonlarini yakunlaydi.
Shuningdek, Putin va Bayden oʻz suhbati davomida AQShning Ochiq osmon kelishuvidan bir tomonlama chiqib ketishi, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, Ukrainadagi nizo kabi mavzularga toʻxtalgan. Eron yadro dasturi boʻyicha Qoʻshma keng koʻlamli harakatlar rejasini saqlash ham muhokama qilingan. Rossiya tomoni BMT Xavfsizlik kengashining doimiy aʼzolari ishtirokida sammit oʻtkazish tashabbusini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala