Tojikiston FVQ minus 50 daraja sovuq bo‘lishi haqida ogohlantirdi

© Sputnik Amir Isayev / Mediabankka o‘tishAvtomobilnaya doroga, vedushaya k gorodu Dushanbe
Avtomobilnaya doroga, vedushaya k gorodu Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi aholini minus 50 daraja qattiq sovuq bo‘lishi haqida ogohlantirdi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi aholini qattiq sovuq bo‘lishi haqida ogohlantirdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Ulichniy termometr - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonga minus 40 darajadagi Sibir sovug‘i kelmoqda
Tojikiston meteorologiya agentligining xabar berishicha, respublikaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida 29-yanvarga qadar sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Kechasi ba’zi tumanlarda termometr minus 16-21 darajagacha tushadi, TBAOning sharqiy qismida 36-41 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Pomirning sharqiy qismida - Bulunkulda harorat 51-53 darajagacha pasayadi.
Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi fuqarolarga xavfsizlik choralariga rioya qilish zarurligi haqida eslatdi.
Avvalroq, yanvar boshida Tojikistonga minus 40 darajadagi Sibir sovug‘i kelishi haqida xabar bergandik.
Yangiliklar lentasi
0