O‘zbekistonda 4617 kishi Xitoy vaksinasi bilan emlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot koronavirusa
Vaksinatsiya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi ko‘ngillilarda sinovdan o‘tmoqda. 1-fevraldan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash boshlanadi.
TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda 4617 kishi koronavirusga qarshi emlandi, deb xabar qildi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonov AOKAda.
Medrabotnik demonstriruyet vaksinu EpiVakKorona v protsedurnom kabinete - Sputnik O‘zbekiston
"EpiVakKorona"dan nimani kutsa bo‘ladi. COVID-19ga qarshi peptidli vaksina haqida
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini maxsus “Xavfsiz immunizatsiya” shartlari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazish bo‘yicha vaksinatorlar ro‘yxati shakllantirilgan va 1-fevralidan tibbiyot xodimlarini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorlash bo‘yicha bo‘yicha trening va seminarlar boshlanadi.
Xitoyning "Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, yangi koronavirus rekombinant vaksinasining III faza klinik sinovlarini o‘tkazish doirasida O‘zbekistonga 5000 dona vaksina olib kelingan. 
2020 yilning 12-dekabridan boshlab 2021-yil 27-yanvariga qadar 9583 nafar ko‘ngillilar tibbiy ko‘rik va suhbatdan o‘tkazilgan va 4617 nafar ko‘ngilli vaksinatsiya amalga oshirildi, deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78 510 nafar. Ularning 98,0 fizi (76 997 nafar) butunlay tuzaldi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 892 nafar bo‘lib,  bemordan 158 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir va 702 nafari yengil shaklda davolanmoqda. Koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi — 86 %. 
Yangiliklar lentasi
0