Siyosat

DXXga yoshlar muammolarini tizimli oʻrganish vazifasi yuklatildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i oxrana
Shavkat Mirziyoyev i oxrana - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat xavfsizlik xizmati yoshlarning ijtimoiy muammolarini tizimli oʻrganish va muvofiqlashtirish bilan shugʻullanadi.
TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarning ijtimoiy muammolarini tizimli oʻrganish va muvofiqlashtirish vazifasini Davlat xavfsizlik xizmatiga yukladi. Bu haqda davlat rahbari yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.