O‘zbekistonning Korrupsiyani qabul qilish indeksida o‘rni yaxshilandi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi reytingda O‘zbekiston 180 ta mamlakat orasida 146-o‘rinni (26 ball) egallagan. Bu o‘tgan yilga qaraganda 7 pog‘onaga yuqori.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. "Transparency International" korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro nodavlat tashkiloti Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2020-yil reytingini e’lon qildi.
Yangi reytingda O‘zbekiston 180 ta mamlakat orasida 146-o‘rinni egallagan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilga (153-o‘rin) nisbatan 7 pog‘onaga yuqori.
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiya barbod qiladi: kim aybdor va nima qilmoq kerak - Norboyeva bilan intervyu
Reytingda O‘zbekiston 26 ball to‘plagan, bunda 0 ball – korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori ko‘rsatkich, 100 ball – eng past shkala hisoblanadi.
Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mintaqasida korrupsiya bo‘yicha yaxshi holat Gruziya (45-o‘rin), Armaniston (60-o‘rin) va Belarus (63-o‘rin) davlatlarida qayd etilgan. Qirg‘iziston 124-pog‘onada, Qozog‘iston esa 94-o‘rinda. Mintaqa bo‘yicha quyi pog‘onalarda O‘zbekiston, Tojikiston (149-o‘rin) va Turkmaniston (165-o‘rin) davlatlari.
Reytingda Yangi Zelandiya, Daniya, Finlyandiya, Shveysariya, Singapur va Shvetsiya davlatlari yetakchi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Somali, Janubiy Sudan, Suriya va Aman davlatlarida kuzatilgan.
Korrupsiyani qabul qilish indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasini aks ettirib, uni ishlab chiqishda qator manbalardan, shu jumladan, ekspertlar baholari va ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalardan foydalaniladi.
Yangiliklar lentasi
0