Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

Soch toʻkilishiga qarshi noyob vosita aniqlandi

Soch toʻkilishini oldini oladigan noyob vosita aniqlandi - tailandlik olimlar 50 kishi ishtirokida tajriba oʻtkazishdi.
TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Tailandlik olimlar soch toʻkilishiga qarshi yangi vositani aniqlashdi. Daily Mail xabariga asosan.
Devushka v maske v parikmaxerskoy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Makkor virus”: COVID-19 soch toʻkilishiga olib kelishi mumkin
Tadqiqotchilar soch toʻkilishining eng keng tarqalgan shakli - androgenetik alopetsiyadan aziyat chekayotgan 50 kishini jalb qilgan holda tajriba oʻtkazdilar. Mangrov daraxtining bir turi boʻlgan dengiz avitsenniyasida soch toʻkilishini toʻxtatuvchi avitsexinon-C kimyoviy moddasi borligini aniqladilar.
Eksperiment ishtirokchilari muntazam ravishda avitseniya ekstraktini bosh terisiga surtishdi. Olimlar avitsexinon-C nafaqat soch toʻkilishini oldini oladi, balki yangi soch oʻsishiga ham yordam beradi, degan xulosaga kelishdi.
"Biz bu oʻsimlikda juda koʻp foydali xususiyatlarni topdik. Birinchidan, u fermentlarning soch toʻkadigan gormonlarni ishlab chiqarilishiga toʻsqinlik qiladi. Ikkinchidan, dengiz avitsenniyasi tanada soch oʻsishiga yordam beradigan oqsilni ishlab chiqarishga yordam beradi", - deydi Chulalongkorn universiteti professori Vanchay Diknamkul.
Olimning taʼkidlashicha, soch toʻkilishini oldini oladigan preparatlarning aksariyati kimyoviy moddalar bilan sintez qilingan sintetik moddalardan iborat. Bunday mahsulotlar koʻp salbiy taʼsirlarga ega, dengiz avitsenniyasi ekstrakti esa - tabiiy moddalardan iborat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala