Rossiya

“Tolibon”* vakillari Moskvaga keldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishTablichka na stole predstaviteley dvijeniya "Taliban"
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada taqiqlangan "Tolibon"* harakati vakillari muzokara uchun Moskvaga keldi. Ular bilan TIVda uchrashuv oʻtkazildi.
TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Rossiyada taqiqlangan "Tolibon" harakati vakillari muzokaralar uchun Moskvaga keldi, deb xabar qildi Rossiya TIV matbuot xizmati.
Bugun Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo boʻyicha Ikkinchi departamenti direktori Zamir Qobulov ular bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Rossiya tomoni qonli fuqarolar urushining tugashiga va Afgʻonistonda samarali umummilliy davlat rahbariyatini shakllantirishga olib keladigan mazmunli va konstruktiv muzokaralar boshlanishi xususida toʻxtaldi.
Tolibon delegatsiyasi Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishda Moskvaning yordamini qoʻllab-quvvatlashi taʼkidlab, afgʻon xalqiga tinch, mustaqil va iqtisodiy jihatdan oʻzini oʻzi taʼminlaydigan davlat qurishda yordam berishda Rossiyaning roli va salohiyatini yuqori baholadilar.
* Rossiyada taqiqlangan tashkilot
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala