Hodisalar

Toshkent viloyatida doʻpposlangan 2,5 yoshli qizcha vafot etdi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishSkoraya meditsinaskaya pomoщ, arxivnoye foto
Skoraya meditsinaskaya pomoщ, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Qizchaning onasi bilan ijara uyda nikohsiz yashab kelayotgan erkak xarxasha qilgan norasidani urib oʻldirib qoʻygan.
TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahrida 2,5 yoshli qizcha vafot etdi, uning oʻlimida onasi nikohsiz yashab kelgan erkak gumonlanmoqda. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Sodir etilgan qotillik Toshkent viloyati IIBB boshligʻi polkovnik Tohir Aripov boshchiligida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilingan.
Gumonlanuvchining soʻzlariga koʻra, u tanishi Z. va uning 2018 yilda tugʻilgan qizi bilan bir necha oydan buyon ijara uyda yashab kelgan.
“14 yanvar kuni esa Z. qizini uyda qoldirib doʻkonga chiqib ketgan. Shu vaqtida bola yigʻlab xarxasha qilgani uchun uni tinchlantirish maqsadida A. bolaning bosh qismiga urgan va shu bilan qizaloq jim boʻlib qolgan”, - deyilgan xabarda.
Holat yuzasidan tayinlangan ekspertiza xulosasiga koʻra, qizaloq olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgani tasdiqlangan.
Gumonlanuvchi yigʻilishda qilmishidan pushaymonligini bildirib, xalqdan uzr soʻragan.
Viloyati IIBB boshligʻi oʻz soʻzida shahar hududida jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlar yetarli darajada tashkil qilinmagani, shu kabi nazoratga ham olinmaganini birgina shu jinoyat misolida koʻrsatib bergan.
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqand viloyati tumanlaridan birida erkak tanish ayolini bogʻda urib oʻldirib qoʻydi
Shuningdek, shaharning asosiy koʻchalari va boshqa tadbirkorlik subʼyektlarida kameralarning oʻrnatilmaganligi, oʻrnatilganlarining ham ayrimlari ishdan chiqqanligi, asosan hududiy IIB masʼullari, profilaktika inspektori va mahallari raisining eʼtiborsizligi jinoyatga olib kelganligi maʼlum qilindi.
Aripov xizmatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hududiy profilaktika inspektori va mahalla raisiga hayfsan intizomiy jazosini bergan. IIBB va shahar IIB masʼullarini qattiq ogohlantirgan.
Shahardagi kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda jinoyatni jilovlash yuzasidan alohida choralar koʻrish boʻyicha topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala