Quvaytga charter reyslar qo‘yilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoeing 757 uzbekskix avialiniy
Boeing 757 uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov mart oyidan boshlab Quvaytga charter reyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Mart oyidan boshlab Quvaytga charter reyslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Somon Eyr predstavila novuyu uniformu dlya bortprovodnikov i pilotov - Sputnik O‘zbekiston
"Somon Eyr" O‘zbekistonga parvozlarni tiklamoqda - boshlanish sanasi va shartlar
Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, reyslar haftasiga ikki marta “Uzbekistan Airways” tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, u keyinchalik reyslar soni haftasiga beshtagacha ko‘paytirilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
O‘zbekiston Quvaytga 450 ming dollarlik niqob yetkazib berdi
Avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston koronavirus pandemiyasi sabab vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan muntazam parvozlarni tiklagan edi. Reyslar haftasiga bir marta chorshanba kunlari amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilar o‘zlari bilan "COVID-19"ga "PZR SARS-COV-2" uslubida test topshirilgani to‘g‘risidagi, olinganiga 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan amaldagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart.
Yangiliklar lentasi
0