Siyosat

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya qator muhim bitimlarni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In videoanjuman shaklida uchrashuv oʻtkazdi. Unda qator muhim kelishuvlarga erishildi.
TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va alohida strategik sheriklik rishtalarini rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari oʻrin oldi.
V Seule sostoyalas vstrecha zamestitelya premyer-ministra ¬– ministra investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardora Umurzakova s predsedatelem Eksimbanka Korei Bang Mun-kyu. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Koreya Eksimbanki Oʻzbekistondagi qator loyihalarni moliyalashtirmoqchi
Davlat rahbarlari alohida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va hamkorlikni har tomonlama kengaytirish tarafdori ekanliklarini taʼkidladilar.
Oliy, kasb-hunar va maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniy meros obʼyektlarini raqamlashtirish va restavratsiya qilish sohalaridagi hamkorlikning joriy va istiqbolli dasturlari koʻrib chiqildi.
Joriy yilda janubiy koreyalik hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jami 400 million dollargacha investitsiyalarni oʻzlashtirish kutilmoqda.
Bundan tashqari, yuqori texnologik sohalarda, shu jumladan energetika, neft-gaz, kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika, qayta ishlash sanoati, qishloq xoʻjaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, transport va logistika, turizm va koʻplab boshqa tarmoqlarda qiymati jami 3,4 milliard dollardan ziyod boʻlgan 55 ta yangi loyiha tayyorlanmoqda.
Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (EDCF) va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan samarali sheriklik olib borilayotgani yuksak baholandi.
Peregovorы Natsionalnoy palatы i Yujnokoreyskogo professora Choy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Koreya uslubida Onkologiya markazi tashkil qilinadi
Davlat rahbarlari oʻzaro savdo hajmini koʻpaytirish muhim ekanini taʼkidladilar. Keyingi yillarda tovar ayirboshlashda rekord koʻrsatkichlarga erishildi.
Eksport-import amaliyotlari oʻrtasidagi nomutanosiblikni tekislash va ularning nomenklaturasini diversifikatsiya qilish masalalariga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish uchun fitosanitariya xizmatlarining hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu maqsadda tomonlar erkin savdo toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitimni imzolash boʻyicha muzokaralarni boshlaydilar.
Sammit yakunida “Toʻrtinchi sanoat inqilobi”ga koʻmaklashish maqsadida raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum,  EDCF bilan hamkorlik boʻyicha uch yilga moʻljallangan 1 milliard dollarlik dasturni amalga oshirish boʻyicha bitim, zamonaviy koʻp tarmoqli klinika va loyihaviy institut – Kimyoviy texnologiyalar markazini qurish loyihalari boʻyicha zayom bitimlari imzolandi.
Bundan tashqari, yetakchi kompaniyalar darajasida Oʻzbekiston energetika infratuzilmasining muhim obʼyektlarini modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi bitimlar imzolandi.
Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi. Prezident Mun Chje In Shavkat Mirziyoyevga Koreyaga tashrif bilan kelish toʻgʻrisidagi taklifini tasdiqladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala