O‘zbekiston va Janubiy Koreya qator muhim bitimlarni imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazdi. Unda qator muhim kelishuvlarga erishildi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va alohida strategik sheriklik rishtalarini rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari o‘rin oldi.
V Seule sostoyalas vstrecha zamestitelya premyer-ministra ¬– ministra investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardora Umurzakova s predsedatelem Eksimbanka Korei Bang Mun-kyu. - Sputnik O‘zbekiston
Koreya Eksimbanki O‘zbekistondagi qator loyihalarni moliyalashtirmoqchi
Davlat rahbarlari alohida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va hamkorlikni har tomonlama kengaytirish tarafdori ekanliklarini ta’kidladilar.
Oliy, kasb-hunar va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish va restavratsiya qilish sohalaridagi hamkorlikning joriy va istiqbolli dasturlari ko‘rib chiqildi.
Joriy yilda janubiy koreyalik hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jami 400 million dollargacha investitsiyalarni o‘zlashtirish kutilmoqda.
Bundan tashqari, yuqori texnologik sohalarda, shu jumladan energetika, neft-gaz, kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika, qayta ishlash sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, transport va logistika, turizm va ko‘plab boshqa tarmoqlarda qiymati jami 3,4 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 55 ta yangi loyiha tayyorlanmoqda.
Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (EDCF) va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan samarali sheriklik olib borilayotgani yuksak baholandi.
Peregovori Natsionalnoy palati i Yujnokoreyskogo professora Choy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Koreya uslubida Onkologiya markazi tashkil qilinadi
Davlat rahbarlari o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish muhim ekanini ta’kidladilar. Keyingi yillarda tovar ayirboshlashda rekord ko‘rsatkichlarga erishildi.
Eksport-import amaliyotlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni tekislash va ularning nomenklaturasini diversifikatsiya qilish masalalariga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish uchun fitosanitariya xizmatlarining hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shu maqsadda tomonlar erkin savdo to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimni imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshlaydilar.
Sammit yakunida “To‘rtinchi sanoat inqilobi”ga ko‘maklashish maqsadida raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum,  EDCF bilan hamkorlik bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan 1 milliard dollarlik dasturni amalga oshirish bo‘yicha bitim, zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika va loyihaviy institut – Kimoviy texnologiyalar markazini qurish loyihalari bo‘yicha zayom bitimlari imzolandi.
Bundan tashqari, yetakchi kompaniyalar darajasida O‘zbekiston energetika infratuzilmasining muhim obyektlarini modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. Prezident Mun Chje In Shavkat Mirziyoyevga Koreyaga tashrif bilan kelish to‘g‘risidagi taklifini tasdiqladi.
Yangiliklar lentasi
0