Sport

Oʻzbekistonda ilk bor velosport boʻyicha professional jamoa tashkil etildi

© Sputnik / Asatur YesayantsVelosport
Velosport - Sputnik Oʻzbekiston
Klub shosse va trek yoʻnalishlarida erkaklar va ayollar boʻyicha alohida jamoaga ega boʻladi. Jamoaga 16 nafar erkak va ayol sportchilarni jalb qilish mumkin.
TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. 27 yanvar kuni velosport boʻyicha Oʻzbekistonning ilk professional klubi Adliya vazirligi roʻyxatidan oʻtdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Klub shtab-kvartirasi va sportchilar shugʻullanadigan asosiy baza Sloveniyaning Lyublyana shahrida boʻladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda ham jamoaning yana bir bazasi joylashadi.
“Rejaga koʻra, Murodjon Xolmurodov, Olga Zabelinskaya kabi velosportchilarimiz “Uzbekistan Cycling Pro Team” klubi bilan shartnoma tuzadigan ilk rayderlar boʻlishadi”, - deyilgan xabarda.
Klub shosse va trek yoʻnalishlarida erkaklar va ayollar boʻyicha alohida jamoaga ega boʻladi. Jamoaga 16 nafar erkak va ayol sportchilarni jalb qilish mumkin. Bundan tashqari, jamoaga legioner sportchilarni ham jalb qilish mumkin. 
Klub oʻzining ilk startini mart oyining soʻngida Sloveniyada oʻtadigan musobaqada oʻtkazishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala