Kolumnistlar

"Burevestnik" – yadroviy dvigatelli revolyutsion raketa

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishIspыtaniya krыlatoy raketы s yadernыm dvigatelem «Burevestnik»
Ispыtaniya krыlatoy raketы s yadernыm dvigatelem «Burevestnik» - Sputnik Oʻzbekiston
"Burevestnik" - uchish uzoqligi cheklanmagan yadroviy dvigatelli qanotli raketa navbatdagi sinovlarga tayyor.
Rossiyaning yangi, cheklanmagan masofaga uchish imkoniga ega boʻlgan "Burevestnik" (Boʻron qushi) raketasi haqida birinchi marotaba prezident Vladimir Putin 2017 yilda xabar qilgan edi.
So skorostyu sveta: v RF ispыtali novuyu giperzvukovuyu raketu Tsirkon - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Aniq va tez: Rossiyada “Tsirkon” gipertovushli raketa sinovdan oʻtkazildi
2019 yilning yanvar oyida Rossiya raketa sanoati “Boʻron qushi” yadroviy dvigatelining sinovlari yakunlanganini va uning cheklanmagan masofaga uchish imkonini tasdiqlanganini xabar qilgan edi.
2020 yilning avgust oyida CNN Novaya Zemlya orolida faollik jadallashganini qayd etgan va raketaning sputnik orqali olingan suratlarni tarqatgan edi.
2021 yilning birinchi yarmida Novaya Zemlya orolida "Burevestnik" raketa majmuasining sinovi boʻlib oʻtadi. Orolning materiklardan uzoqda joylashishi “9M730 mahsulotini” uzoq masofalarda sinab koʻrish imkonini beradi.
© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishIspыtaniya krыlatoy raketы s yadernыm dvigatelem "Burevestnik". Skrinshot video, predostavlennogo Minoboronы RF
Ispыtaniya krыlatoy raketы s yadernыm dvigatelem Burevestnik. Skrinshot video, predostavlennogo Minoboronы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiyaning The Diplomat nashri xabariga koʻra, "Burevestnik" raketasi 2016 yildan buyon Astraxan viloyatidagi "Kapustin Yar" poligonida sinovdan oʻtmoqda. U yerdan 10dan ortiq raketa uchirilgan. Burevestnik NATO klassifikatsiyasi boʻyicha SSC-X-9 Skyfall (osmon qahri) deb ataladi.
Mutaxassislar xulosasiga koʻra, “Burevestnik” 2027 yilda Rossiya armiyasiga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Aytish joizki ushbu raketa AQSH va Rossiya orasida imzolangan, 2026 yilning 5 fevraliga qadar amal qilayotgan, qurol-yarogʻni cheklashga doir SNV-3 shartnomasi taʼsiriga tushmaydi.

Boʻron qushi nimalarga qodir

Odatda raketa jangovar bosh (yadroviy yoki boshqa) va suyuq yonilgʻili dvigatelga ega boʻladi. Masalan, “Tomogavk” raketasi 2500 km masofagacha zarba berishi mumkin.
Yadroviy dvigatelga ega boʻlgan “Burevestnik” raketasi esa – bir necha oʻn ming kilometr kilometr masofaga uchishi, ekvatorni bir necha bor aylanib chiqishi mumkin.
Kompleks PVO - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya harbiylariga birinchi S-500 raketa tizimlari taqdim etiladi
Undan tashqari “Boʻron qushi” parvoz davomida u hech qanday iz qoldirmaydi va shu sababli dushman havo mudofaa kuchlari tomonidan uni uni aniqlash va toʻxtatib qolishning iloji yoʻq. Raketani faqat uchirilish vaqti, parvozning dastlabki soniyalarida aniqlash mumkin, xolos.
Yadroviy jangovar bosh oʻrnatilgan “Burevestnik” reketasi planetaning istalgan nuqtasidagi obʼyektga zarba berishi mumkin. Bundan oldin esa u uzoq vaqt davomida atmosferaning qalin qatlamlarida sayr qilib yurishi va nishonga har qanday trayektoriya ostida yetib kelishi mumkin.
Raketa sputnik inertsial navigatsiya tizimi yoki joy relyefi asosida nishonga olishi mumkin.
© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishIspыtaniya krыlatoy raketы s yadernыm dvigatelem "Burevestnik"
Ispыtaniya krыlatoy raketы s yadernыm dvigatelem Burevestnik - Sputnik Oʻzbekiston
Ochiq manbaalarda aytilishiga koʻra, "Burevestnik" – yerda joylashtiriladigan qanotli raketa boʻlib, u havo va suvdagi vositalarda joylashtirish uchun moʻljallangan barcha qanotli raketalardan kattaroq (uzunligi 10 metrga yaqin). Uchish tezligi haqida aniq maʼlumot keltirilmagan, lekin mutaxassislar 800-1000 km deyishmoqda. Parvoz davomiyligi esa sutkalar va oylarga yetishi mumkin.

Yadroviy dvigatel

“Boʻron qushi”ning toʻgʻri oqimli havo-reaktiv dvigateli oʻta kichik oʻlchamli yadroviy reaktor asosida qurilgan.  
Pervыy kompleks S-350 Vityaz razmestyat v Leningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya yangi zenit-raketa tizimini tayyorladi
Raketa oddiy yonilgʻili dvigatel yordamida start oladi maʼlum vaqtdan soʻng yadroviy dvigatel ishga tushadi. Raketa yon tomonidagi tuynuklardan havo soʻrib oladi, yadroviy reaktorda uning harorati keskin oshib, katta bosim ostida reaktiv dvigatel soplosida tashqariga otiladi.
Parvoz davomida raketa ekologiyaga zarar yetkazmaydi.
Aytish joizki, AQSH va dunyoning boshqa davlatlarida ham kichik yadroviy reaktor yaratishga urinishlar boʻlgan, lekin hozircha ularning barchasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Masalan Nuclear Energy for the Propulsion of Aircraft, Atomic Energy Commission, Aircraft Nuclear Propulsion loyihalari.

Xavfsizlik kafolati

Qoʻlga tushmas “Burevestnik”ni aniqlashning iloji yoʻq. Dushman uning qoʻllanilganini faqat biror bir obʼyekt yer yuzidan yoʻq qilinganidan soʻng bilishi mumkin.
Shu sababli, Rossiya Boʻron qushidan faqat himoya, ushlab turish vositasi sifatida foydalanishni maqsad qilgan.
Rossiya va AQSH SNV 3ni uzaytirishga kelishib oldi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
"Yaxshi muhim qadam": Rossiya va AQSH SNV-3'ni uzaytirishga kelishib oldi - video
Vashington, albatta, Rossiyada bunday vositalar paydo boʻlayotganidan xavotirda. AQSH yangi administratsisi ishgan tushgan kunidanoq Rossiya bilan SNV-3 shartnomasini uzaytirishga kelishib oldi.
SNV-3 shartnomasi ikkala tomondan ham kontinentlararo ballistik yadroviy raketalar sonini 700ta bilan cheklashni nazarda tutadi. Shuningdek, SNV-3 boshqa strategik qurollar miqdorini 1150ta jangovar bosh va 800ta uchirish moslamalari miqdorida  cheklaydi. Shartnoma 2026 yilning 5 fevraliga qadar uzaytirilgan.
Rossiya Davlat Dumasining Mudofaa qoʻmitasi rahbari Vladimir Shamanov aytishiga koʻra, boʻlajak muzokaralar chogʻida Rossiyada yaratilayotgan yangi strategik qurollar SNV-3 shartnomasiga kiritilishi mumkin.
Trenirovka k Paradu Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Masala yopildi": harbiy siyosatshunos RF va AQShning SNV-3 boʻyicha kelishuvi haqida
Ekspertlar xulosasiga koʻra, Rossiya ayrimqurollarini ushbu shartnomaga kiritsa-da, eng zamonaviy "Burevestnik" raketasini u yerga kiritilishi ehtimoldan uzoq.
Ikkinchi tomondan, AQSH ham istalgan vaqti SNV-3dan chiqish ehtimoli yoʻq emas. Ustiga ustak Vashington turli strategik bayonotlarda Rossiyani – birinchi raqamli harbiy dushman deb atamoqda.
NATO oʻquv mashgʻulotlari ham “Rossiyaning agressiv harakatlariga” qarshi qaratilgan. Bunday vaziyatda “poroxni quruq” va “Burevestnik”ni parvozga shay saqlash kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader