Rossiyaga ishga ketish uchun suhbatlar qanday bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF
Kak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari O‘zbekistonda 4000 nafar ishchi yollashni rejalashtirgan. Ular suhbat asosida montajchilar, payvandchilar, g‘isht teruvchilar, armaturachilarva boshqa mutaxassislarni tanlab olmoqda.
TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya kompaniyalari orasidagi kelishuvga asosan, O‘zbekiston fuqarolari tashkillashtirilgan tartibda Rossiyaga ishga olib kelinmoqda. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF
Kak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning “PIK-Industriya” va “TexStroy” qurilish kompaniyalari 15-31 yanvar kunlari O‘zbekiston hududa quruvchi mutaxassislari bilan suhbat o‘tkazib ularni Rossiyada ishlash uchun tanlab olayotgani haqida oldinrok xabar bergan edik.
Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari quruvchilarni ishga taklif qilmoqda
Bugun ana shunday suhbat Samarqand shahridagi Transport kolleji hududida boshlandi. Unda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri  vakillari ishtirok etishi mumkin.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF
Kak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF - Sputnik O‘zbekiston
Erta tongda suhbat bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bino oldidan 500ga yaqin kishi to‘plangan. Ular pasport nazoratidan o‘tganidan so‘ng kollej binosi ichida qisqa suhbatdan o‘tishmoqda. Suhbat vaqtida bo‘lajak xodimlarning ish tajribasi, ko‘nikmalari, qurilish sohasidagi mutaxassisliklari, rus tilini bilish darajasi aniqlanadi. 
Shimoliy iqlim sharoitida ishlashga tayyor bo‘lgan fuqarolar ishga taklif qilinmoqda
Rossiya qonunchiligiga belgilangan tartibga ko‘ra, ish beruvchi o‘ziga kerakli miqdorda mutaxassislarni tanlab olganidan so‘ng, ularning ro‘yxati  Rossiyaning tegishli hududidagi maxsus komissiyaga taqdim etiladi. Komissiya tasdiqlaganidan so‘ng xodimlar tashkillashtirilgan tartibda bo‘lajak ish joyiga olib kelinadi. 
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF
Kak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF - Sputnik O‘zbekiston
Hozir Rossiyaga ishga ketish tartibi qanday - Migratsiya agentligi javobi
Eslatib o‘tamiz, yuqorida qayd etilgan qurilish kompaniyalari O‘zbekistondan 4000 kishini ishga yollashni rejalashtirgan. Ular montajchilar, payvandchilar, g‘isht teruvchilar, armaturachilar, beton plitalarini joylashtiriuvchilar va ichki pardoz ishlari olib boruvchilar va boshqa mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF
Kak proxodit sobesedovanie dlya raboti v RF - Sputnik O‘zbekiston
 
 
Yangiliklar lentasi
0