"Til bilgan - pul topadi": o‘zbekistonliklar viloyatlarda rus tilini o‘rganishmoqda

Obuna bo‘lish
Samarqandda tez orada Rossiyaga ishga yo‘l olmoqchi bo‘layotgan mahalliy aholi uchun rus tili kurslari yakunlandi va tilni qisqa fursatda o‘rganib, bemalol so‘zlasha oladigan darajaga yetgan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi
Endilikda Rossiyaga ishga borishni rejalashtirgan o‘zbekistonliklar uchun o‘zga muhitda yashash va mehnat qilish ancha yengil kechadi.
Samarqandda mahalliy aholi uchun tashkillashtirilgan ilk kurslar yakunlandi.
Krupnie rossiyskie kompanii provodat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga ish izlab: Samarqandda quruvchilar qanday tanlab olinmoqda
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RXDU) o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik doirasida Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Samarqand viloyatida tashkillashtirilgan rus tili test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 23 nafar fuqaroga sertifikatlar topshirildi.
Samarqand shahridagi "Koica" o‘quv markazida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarini RXDU o‘qituvchisi Elvira Chigireva ishchi mutaxassisliklar bo‘yicha rus tilini o‘qitish dasturi asosida fuqarolar uchun ochiq dars o‘tkazdi.
RXDUning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov Samarqand shahri va viloyatining rus tili o‘qituvchilariga dastlabki sertifikatlarni rasmiy ravishda topshirdi.
Ikki davlatning ushbu hamkorlikdagi tashabbusi mehnat muhodirlariga qisqa fursatda til o‘rganish va Rossiyaga borganda o‘zini dadil his etish imkonini beradi. Tilni bilgan muhojirlar uchun malaka oshirish yengil kechib, qolaversa, bu ko‘proq pul topishga keng yo‘l ochadi, deya ta’kidlab o‘tdi tadbir tashabbuskorlari.
Yangiliklar lentasi
0