Aziz Abduhakimov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAziz Abduxakimov
Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Federatsiyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Aziz Abduhakimov nomzodi qo‘llab-quvvatlangan.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi raisi etib saylandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shaxmati - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston shaxmat bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshiradi: qanday choralar belgilandi
Kecha tashkilotda navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etilgan. Unda shaxmat federatsiyasiga yangi rais saylash masalasi ko‘tarilgan va Aziz Abduhakimov nomzodi ko‘rsatilgan. Ovoz berish yo‘li bilan Abduhakimov shaxmat federatsiyasining yangi rais etib saylangan.
Hozirga qadar federatsiya raisi lavozimini prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Dmitriy Li egallab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, prezidetning tegishli qarori bilan Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan. Unga ko‘ra O‘zbekistondagi barcha maktablarda “Shaxmat sinflari” ochilishi, 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etilishi belgilangan. 2025-yilga qadar shaxmat bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini  3 foizga yetkazish nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0