Siyosat

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

© Press-slujba MIVT Olimxon Rustamov naznachen zamestitelem ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana
Olimxon Rustamov naznachen zamestitelem ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Tayinlovga qadar Olimxon Rustamov Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Olimxon Rustamov Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni tegishli farmonga imzo chekdi.
Tayinlovga qadar Rustamov Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin Hisob palatasi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK hamda boshqa idora va tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
Zamestitel premyer-ministra, ministr IVT Uzbekistan S.Umurzakov prinyal uchastiye v ocherednom zasedanii Soveta Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston ilk bor YEOIK yigʻilishida ishtirok etdi
Olimxon Rustamov yangi lavozimida investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishning samarali monitoringini olib borish, rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda Respublika viloyatlari va erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga masʼul boʻladi.
Shuningdek, uning vazifalariga ijtimoiy soha, turizm va qurilish materiallari tarmogʻining sohaviy rivojlanishini muvofiqlashtirish masalalari kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala