https://oz.sputniknews-uz.com/20210131/zbekiston-ilk-bor-EOIK-yiilishida-ishtirok-etdi-15902355.html
Oʻzbekiston ilk bor YEOIK yigʻilishida ishtirok etdi
Oʻzbekiston ilk bor YEOIK yigʻilishida ishtirok etdi
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEOIK) Kengashining yigʻilishida Oʻzbekiston nomidan bosh vazir oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov... 31.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-01-31T09:43+0500
2021-01-31T09:43+0500
2021-01-31T09:43+0500
siyosat
sardor umurzakov
yeoii
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/1f/15902322_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_58c82dadc5667fb8be34183a917e46e8.jpg
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEOIK) Kengashining shu yil 29 yanvar kuni onlayn oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) da kuzatuvchi maqomini olgan mamlakat sifatida birinchi marta Oʻzbekiston vakili ishtirok etdi.YEOIK yigʻilishida Qozogʻiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, YEOII raisi A.Smailov, Rossiya bosh vazirining oʻrinbosari A.Overchuk, Qirgʻiziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi A.Novikov, Belarus bosh vazirining oʻrinbosari S.Petrishenko, Armaniston bosh vazirining oʻrinbosari M.Grigoryan va YEOIK Kengashi raisi M.Myasnikovich qatnashdi.Yigʻilishda Oʻzbekiston nomidan bosh vazirning oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov qatnashdi.Yigʻilish kun tartibiga savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasining keng koʻlamli masalalari kiritildi. Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik va farmatsevtika tarmoqlari, qishloq xoʻjaligi kabi ustuvor yoʻnalishlarda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.Taʼkidlanishicha, oʻtgan toʻrt yil mobaynida Oʻzbekiston va YEOII mamlakatlari oʻrtasidagi savdo hajmi 75 foizga oʻsgan. Bugungi kunda Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining 30 foizdan ortigʻi YEOII davlatlariga toʻgʻri keladi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210125/Ozbekiston-ilk-bor-EOII-hukumatlararo-kengashi-yiilishda-ishtirok-etadi-15861841.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/1f/15902322_83:0:1202:839_1920x0_80_0_0_39fcf8e8ea5946328f6eb70cef900b83.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sardor umurzakov, yeoii
Oʻzbekiston ilk bor YEOIK yigʻilishida ishtirok etdi
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEOIK) Kengashining yigʻilishida Oʻzbekiston nomidan bosh vazir oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov qatnashdi.
TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEOIK) Kengashining shu yil 29 yanvar kuni onlayn oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) da kuzatuvchi maqomini olgan mamlakat sifatida birinchi marta Oʻzbekiston vakili
ishtirok etdi. YEOIK yigʻilishida Qozogʻiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, YEOII raisi A.Smailov, Rossiya bosh vazirining oʻrinbosari A.Overchuk, Qirgʻiziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi A.Novikov, Belarus bosh vazirining oʻrinbosari S.Petrishenko, Armaniston bosh vazirining oʻrinbosari M.Grigoryan va YEOIK Kengashi raisi M.Myasnikovich qatnashdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston nomidan bosh vazirning oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov qatnashdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari oʻz nutqida kuzatuvchi mamlakat maqomidagi Oʻzbekiston va YEOII oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi. Teng huquqlilik, oʻzaro manfaatdorlik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida konstruktiv hamkorlik qurishning ahamiyati qayd etildi.
Yigʻilish kun tartibiga savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasining keng koʻlamli masalalari kiritildi. Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik va farmatsevtika tarmoqlari, qishloq xoʻjaligi kabi ustuvor yoʻnalishlarda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanishicha, oʻtgan toʻrt yil mobaynida Oʻzbekiston va YEOII mamlakatlari oʻrtasidagi savdo hajmi 75 foizga oʻsgan. Bugungi kunda Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining 30 foizdan ortigʻi YEOII davlatlariga toʻgʻri keladi.