Iliq va deyarli quruq: fevralning birinchi haftasida qanday ob-havo kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNesmtorya na prekrasnuyu pogodu ochen malo lyudey v Tashkent-Siti, kotoriy daje zimoy bil vsegda polon
Nesmtorya na prekrasnuyu pogodu ochen malo lyudey v Tashkent-Siti, kotoriy daje zimoy bil vsegda polon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Obuna bo‘lish
Hafta davomida juda iliq va kam bulutli bahoriy ob-havo kuzatiladi. Juma kuniga kunduz kuni 14-17 darajagacha iliqlashadi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zgidromet fevralning birinchi haftasida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Hafta davomida juda iliq va kam bulutli bahoriy ob-havo bo‘ladi. Juma kuniga kunduz kuni 14-17 darajagacha iliqlashadi.
Bugun respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida meyorga yaqin bo‘lgan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Havo harorati oxirgi kunga nisbatan pasayadi va 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.
Dojd v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2021
Ayrim hududlarda fevral yomg‘ir bilan boshlanadi
Ertaga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari harorat 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi, juma kuni 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0