Jamiyat

Koronavirusning “britancha” shtammi alomatlari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishRabota aeroporta Vnukovo
Rabota aeroporta Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Taʼkidlanishicha, hid va taʼm sezmaslik kabi alomatlar yangi shtamm bilan kasallanganlarda kamroq uchramoqda.
TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusning “britancha” shtammi alomatlari haqida maʼlumot berdi.
Buyuk Britaniyaning Milliy statistika xizmati koronavirusning “britancha” deb ataluvchi yangi shtammiga yoʻtal, kuchli charchoq, tomoq va mushaklardagi ogʻriq kabi belgilar xos ekanligini, ammo hid va taʼm sezmaslik alomati esa avvalgi shtammdagiga qaraganda kamroq uchrayotganini aniqlagan.
Rabota virusologicheskoy laboratorii, gde proizvoditsya analiz na novuyu koronavirusnuyu infektsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirusning “britancha shtammi”ni aniqlash jarayoni qanday kechdi?
Idoraning xulosalari Angliyada tasodifiy tanlab olingan va COVID-19 tashxisi qoʻyilgan 6 ming kishining maʼlumotlarini qayta ishlash natijasida chiqarildi.
Hid va taʼm sezmaslik kabi alomatlar yangi shtamm bilan kasallanganlarda kamroq uchramoqda. Ammo ular hali ham kasallikning uchta asosiy alomatlari (yuqori isitma, yaqinda paydo boʻlgan doimiy yoʻtal va taʼm sezuvchanligini oʻzgarishi) orasida.
Kasallanganlarning aksariyatida ushbu uchta alomatdan kamida bittasi namoyon boʻlmoqda.
Statistika idorasi xodimlari yangi COVID-19 shtammiga musbat test olishdan oldin bir hafta davomida bemorlar boshdan kechirgan alomatlarni tahlil qilgan. Ular “asl” (avvalgi) shtammni yuqtirganlarning alomatlari bilan taqqoslandi.
Bunda 2020 yil noyabr oyining oʻrtalaridan 2021 yil yanvar oyining oʻrtalariga qadar kasal boʻlgan odamlarning natijalari hisobga olindi. Maʼlumotlar shuni koʻrsatdiki, yangi shtamm birinchi holatda boʻlgani kabi uchta emas, ikkita gen bilan mos keladi.
  • 3,5 ming kishidan iborat yangi shtammni yuqtirganlar guruhidan:
  • 35 foizi yoʻtal;
  • 32 foizi charchoq;
  • 25 foizi mushak va tana ogʻrigʻi;
  • 21,8 foizi esa tomoq ogʻrigʻidan shikoyat qilgan.
Oldingi shtamm bilan kasallangan 2,5 ming kishilik guruhdan:
  • 28 foizi yoʻtal;
  • 29 foizi charchoq;
  • 21 foizi mushak va tana ;
  • 19 foizi esa tomoq ogʻriganini  aytgan.
Maʼlum boʻlishicha, yangi shtammni yuqtirganlarning 16 foizi taʼm sezuvchanligini, 15 foizi hid sezish qobiliyatini yoʻqotgan. Bu eski shtamm bilan kasallangan odamlardagiga qaraganda kamroq (ikkala holatda ham 18 foiz).
Bosh ogʻrigʻi, nafas olish qiyinlishuvi yoki diareya va qayt qilish holatlari boʻyicha maʼlumotlar ikki shtammda ham bir xil boʻlgan.
Preduprejdeniye zakrыtii frantsuzskoy granitsы na vʼyezde v port Duvr v Kente na yugo-vostoke Anglii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.12.2020
Dunyoda
"Oldingilaridan ancha xavfli": Britaniyada tarqalayotgan virus haqida olimlar xulosasi
Olimlarning fikriga koʻra, virus tarkibidagi baʼzi bir oʻzgarishlar organizmning immun reaktsiyasiga taʼsir qilishi va infektsiyani keltirib chiqaradigan alomatlarga ham taʼsir qilishi mumkin. Yangi shtammni yuqtirganlarning organizmida virus intensiv ravishda koʻpayib ketish ehtimoli yuqoriroq. Bu esa infektsiyaning butun tanaga kengroq tarqalishiga hamda kuchli yoʻtal, mushaklarda ogʻriq va charchoq paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 30 yanvar kuni Oʻzbekistonga koronavirusning “britancha shtammi” kirib kelgani maʼlum boʻlgan edi. U Dubaydan safardan qaytgan 10 yoshli poytaxtlik qizaloqda aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala