Rossiya

Rossiya MDH davlatlari bilan oʻsimliklar karantini boʻyicha hamkorlik qiladi

Rossiya MDH davlatlari oʻrtasida imzolangan oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida bitimni ratifikatsiya qiladi.
TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Rossiya hukumati 2016 yilda Minskda imzolangan MDH davlatlari oʻrtasida oʻsimliklar karantini sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish uchun Davlat Dumasiga taqdim etdi.
Pomidorы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2020
Iqtisod
Rosselxoznadzor Oʻzbekistonning yana 34 ta korxonasidan pomidor olib kirishga ruxsat berdi
Oʻsimliklar karantini - bu oʻsimliklar va ularning mahsulotlarini mamlakatga tashqaridan kirishi mumkin boʻlgan zararkunanda, kasallik va boshqa tahdidlardan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar tizimi.
Bitimni imzolagan tomonlar oʻz hududlaridagi karantin obʼyektlari (kasalliklar, oʻsimlik zararkunandalari) toʻgʻrisida va koʻrilgan choralar, huquqiy hujjatlar matnlari, ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlar natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan oʻzaro almashadilar. Shuningdek, ular zararli obʼyektlar namunalari bilan almashiladi, bir-birlariga ilmiy-texnikaviy yordam koʻrsatadilar.
Bitimda aʼzo-davlatlar hududiga fitosanitariya sertifikatsiz 3 donadan ortiq guldasta olib kirish mumkin emas, deb taxmin qilinmoqda. Hozirda Rossiyaning oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonuni 5 kg gacha gul maxsus hujjatlarsiz olib kirishga ruxsat beradi.
Eslatib oʻtamiz, Rosselxoznadzor dekabr oyida Ozarbayjon, Turkiyaning baʼzi hududlaridan, shuningdek  26 noyabr kuni Oʻzbekistonning Fargʻona viloyati, 4 dekabr kuni Navoiy viloyatidan pomidor, qalampir va olmalar olib kirishni taqiqlagandi. 11 dekabrdan Qashqadaryo viloyatidan pomidor va qalampirga taqiq kiritilgandi.
18 dekabrdan boshlab RF hududiga Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatidan 7ta korxonadan pomidor va qalampirni olib kirishga ruxsat bergandi: mahsulotlarda YEOIIga aʼzo-davlatlar uchun karantin obʼyektlari mavjud emas, 2020 yilda pomidor mevalaridagi jigarrang burushiqlik virusi aniqlanmadi.
Keyinchalik 1 yanvar sanasidan boshlab, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan pomidor mahsulotini 34 ta korxona Rossiyaga eksport qilishga ruxsat berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala