Jamiyat

Xonanda Jasur Umirov 5 yilga qamaldi

© YouTubeJasur Umirov
Jasur Umirov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudida sudlanuvchilar J. U., A. Z., SH. Q. ga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.
TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Bugun, jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudida sudlanuvchilar J. U., A. Z., SH. Q. ga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.
Jasur Umirov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.01.2021
Hodisalar
Tergov departamenti Jasur Umirov ishi boʻyicha yangi tafsilotlarni maʼlum qildi
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda koʻrib chiqildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudining 2021 yil 2 fevraldagi hukmiga koʻra:
J. U. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
A. Z. Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolgʻon guvohlik berish) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida uzil-kesil 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
SH. Q. Jinoyat kodeksining 238-moddasi 1-qismi va 241-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida uzil-kesil 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mazkur jinoyat ishi boʻyicha sudga raislik qiluvchi tomonidan tomonlarga, shu jumladan sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga, hukm nusxasini olgan vaqtdan boshlab yigirma sutka muddat ichida shu sud orqali Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya instantsiyasi sudlov hayʼatiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilishga va protest keltirishga haqli ekanligi tushuntirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala