Mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar beriladi

© Sputnik / Mixail MironovTraktor s plugom pashet zemlyu
Traktor s plugom pashet zemlyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilar 2022-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (QQS va bojxona yig‘imidan tashqari) ozod qilinadi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilar:
  • O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlarni import qilishda belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2022-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (QQS va bojxona yig‘imidan tashqari) ozod qilinadi;
  • qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va unga servis xizmatini ko‘rsatish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomalaga (importga) chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQSni 270 kun kechiktirib to‘lashi mumkin.
Shuningdek, qarorga ko‘ra import qilinadigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlar ro‘yxatlari va ularga tuzatishlar imtiyoz berilgan tashkilot tomonidan shakllantiriladi hamda ular yuzasidan “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasi olingan taqdirda, import qiluvchi har qanday tashkilotlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda import qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0