Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

Qozogʻiston goʻzali idish-tovoq yuvuvchi boʻlib ishga kirdi - video

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishFinal konkursa "Miss Rossiya-2018"
Final konkursa Miss Rossiya-2018 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
"Miss Qozogʻiston - 2019" tanlovi final bosqichida ishtirok etgan Gulnur Nurtaza Qiziloʻrda kafesida idish-tovoq yuvuvchi boʻlib ishlashga majbur boʻldi.
TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. "Miss Qozogʻiston - 2019" tanlovi final bosqichida ishtirok etgan Gulnur Nurtaza Qiziloʻrda kafesida idish-tovoq yuvuvchi boʻlib ishlashga majbur boʻldi, deb xabar qildi 365info.kz.
Qiz shahar kafelaridan birining oshxonasida ishlayotgani aks etgan video internetda paydo boʻldi.
Kadr ortida aytilgan ovozga koʻra, bu Gulnur Nurtaza "Miss Qiziloʻrda - 2017" unvoni sohibi.
Videoda ayol sobiq "miss" boʻlgani, hozirda shunday sharoitda ishlashini inkor etmadi.