Siyosat

Senat Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish va boshqa qonunlarni koʻrib chiqadi

© Press-slujba Senata UzbekistanaSenat Oliy Majlisa Uzbekistana 5 fevralya soberyotsya na 12-ye plenarnoye zasedaniye.
Senat Oliy Majlisa Uzbekistana 5 fevralya soberyotsya na 12-ye plenarnoye zasedaniye.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Senatning oʻn ikkinchi yalpi majlisi 5 fevral kuni chaqiriladi. Unda senatorlar bir qator muhim qonunlarni koʻrib chiqadi.
TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining oʻn ikkinchi yalpi majlisi 5 fevral kuni chaqiriladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Videokonferentsaloqa shaklida boʻlib oʻtadigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqiladi. Shu jumladan, “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun. Avvalroq saylovlarni, jumladan, prezident saylovlarini oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazish asosiy oʻzgartishlardan biri ekani haqida yozgandik.
Pasport i blank v rukax izbiratelya vo vremya vыborov prezidenta Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.01.2021
Jamiyat
Prezident saylovini oktyabrda oʻtkazish uchun Konstitutsiyani oʻzgartirish kerak
Shuningdek, senatorlar “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunlarni muhokama qilishadi.
Bundan tashqari, 2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2020 yildagi ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti, qolaversa, Boyovut, Boʻston, Olot, Toʻraqoʻrgʻon, Qarshi tumanlari va Kattaqoʻrgʻon shahrini 2020–2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturlarining ijrosini oʻrganish natijalari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar, mamlakatda toshqinlar, sel oqimlari, koʻchki xavfi mavjud togʻ va togʻoldi hududlarida joylashgan aholi punktlari hamda iqtisodiy obʼyektlar xavfsizligini taʼminlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari hamda boshqa masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala