Qonun barchaga barobar, ortingda 14 davlat diplomatlari turgan bo‘lsa ham...

© Press-slujba Mosgorsuda / Mediabankka o‘tishZasedanie suda po delu A. Navalnogo
Zasedanie suda po delu A. Navalnogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
Moskva sudi shartli qamoq jazosini o‘tash tartibini buzgan Navalniyni real qamoq jazosiga mahkum etdi.
TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Moskva shahar Simonov sudi muxolifatchi, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniyga shartli qamoq jazosini 3,5 yil real qamoq jazosiga almashtirish haqida hukm chiqardi. Bunda sud Navalniy uy qamog‘ida o‘tkazgan kunlarini ham hisobga oldi va uni 2-yilu 8 oy ozodlikdan mahrum qildi.
Zdanie MID Rossii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2020
Rossiya Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli YeI sanksiyalariga javob qaytaradi
Eslatib o‘tamiz, Moskva shahar sudi bundan 6-yil oldin  2014 yilning 30-dekabrida muxolifatchi Aleksey Navalniy va uning ukasi Oleg Navalniyga “Iv Roshe” kompaniyasining 26,8  mln rubl va MPK kompaniyasning 4,5 mln rubl mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib olish jinoyatida ayblab, Rossiya JKning 159.4 va 174.1 moddalariga asosan Aleksey Navalniyga 3,5 yil shartli qamoq jazosi va 5-yil sinov muddati, Oleg Navalniyga esa 3,5 yil umumiy tartibli koloniyada jazo o‘tashni belgilagan edi.
Rossiya fuqarolari uchun shartli qamoq jazosi va sinov muddati berilganda – ularning xorijga chiqish pasporti olib qo‘yiladi va  belgilangan muddat davomida Jazoni Ijro etish bo‘limida bo‘limida doimiy ravishda majburiy ro‘yxatdan o‘tib turish belgilanadi.
Lekin Aleksey Navalniy, shartli qamoq jazosi ostida bo‘la turib, faqatgina so‘nggi 3-yil davomida xorijiy davlatlaga 20-martadan ko‘p tashrif buyurgan. Ushbu “tashriflar”ning aksariyati qo‘shni davlatlar yoki Turkiya kurortlariga emas - AQShga amalga oshirilgan.
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2020
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanksiya qo‘lladi
Har bir tashrif uchun Navalniy va uning rafiqasi kamida bir million rubl sarflangan. Doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan “professional muxolifatchi” shuncha pulni qayerdan oldi ekan degan savolgan javob topilganda - yangi jinoyat ishi ochishga to‘g‘ri kelgan.
Muxolifatchi soddadil fuqarolarning “Korrupsiyaga qarshi kurash fondi”ga yuborgan xayriya mablag‘larini noqonuniy ravishda belgilangan maqsadga xilof ravishda sarflangani ma’lum bo‘ldi.
Sud hujjatlarida aytilishiga ko‘ra, Navalniy faqatgina 2020-yil davomida (to o‘zining “zaharlanishigacha”), jazoni ijro etish organlarida 6 marotaba ro‘yxatdan o‘tishga kelmagan.
Shundan so‘ng, yillar davomida Navalniyga maksimal erkinlik bergan Jazoni ijro etish organlari suddan shartli jazoni real qamoq jazosi bilan almashtirishni so‘ragan.
Shartli qamoq jazosini real qamoq jazosiga almashtirish - Bu tez-tez urab turadigan holat. Rossiyada yiliga 15 mingta ana shunday sud hukmlari chiqadi.
Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Boshqa davlat muxolifatchilari AQSh tashqi siyosatining ustuniga aylanishi kerak
Lekin ushbu hukmlarning hech biri bunchalik katta shov-shuvga sabab bo‘lmaydi, yoki bunchalik ko‘p sonli xorijiy diplomatlarni qiziqtirmaydi. Sud kuni Simonov sud binosi oldi qizil nomerli mashinalarga to‘lib ketdi. 
Navalniy sudiga 14 davlatdan diplomatlar tashrif buyurgan: AQSh, YeI, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Niderland, Shvetsiya, Avstriya, Chexiya, Litva, Kanada, Latviya, Polsha, Norvegiya. 
Rossiya Tashqi ishlar vazirlig maxsus vakili Mariya Zaxarova diplomatlarning ushbu ommaviy tashrifini "Rossiya ichki ishlariga aralashish" deb atadi.
"Bu bilan G‘arb o‘zini o‘zi oshkor qildi. Ular kollektiv bo‘lib, noqonuniy ravishda Rossiyaga qarshi bir necha yildan buyon kurash olib borayotganini endi hamma ko‘rdi", - dedi Zaxarova.
Yangiliklar lentasi
0