“Doyaxotin”: Buxoro viloyatidagi gaz quduqda burg‘ilash ishlari tugatildi

© Press-slujba AO "Uzbekneftegaz"Skvajina - prirodniy gaz
Skvajina - prirodniy gaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
“Doyaxotin” konida kunlik 100 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq o‘zlashtirildi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. “Doyaxotin” konida kunlik 100 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq o‘zlashtirildi, deb xabar qildi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Gazoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Tojikiston O‘zbekistondan gaz xarid qilish hajmini ko‘paytiradi
Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Doyaxotin” gaz kondensat konidagi 95-sonli quduqda burg‘ilash ishlari tugatilib, 1954–1951 metr oraliqda perforatsiya ishlari olib borildi.
Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
“O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” MChJ tomonidan olib borilgan burg‘ilash ishlari tugatilib, hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda. Ushbu quduq “O‘zbekneftgaz” AJning 2021-yilda o‘z kuchi bilan burg‘ilab ishga tushirishi ko‘zda tutilgan quduqdan biri hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0