Iqtisod

“Mozori Sharif — Qobul — Peshavor”  temir yoʻli qurish boʻyicha yoʻl xaritasi imzolandi

© Sputnik / V. Kiselev / Fotobankka oʻtishNa pastbiщe. Pandjsherskoye uщelye. Islamskaya Respublika Afganistan.
Na pastbiщe. Pandjsherskoye uщelye. Islamskaya Respublika Afganistan. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston hamda xalqaro moliya institutlar vakillari trans-afgʻon temir yoʻli qurishni maʼqulladilar.
TOSHKENT, 3 fev - Sputnik. Kecha Toshkentda Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston vakillari ishtirokida “Mozori Sharif — Kobul — Peshavor” temir yoʻlini qurish boʻyicha yuqori darajadagi uch tomonlama ishchi guruhining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, AOKA xabariga asosan.
Unda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri H.Atmar, Pokiston bosh vazirning savdo, toʻqimachilik sanoati va investitsiyalar masalalari boʻyicha maslahatchisi A.Dovud ishtirok etishdi. Shuningdek, AQShning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi rahbarlari  va xalqaro moliya institutlari vakillari qatnashdi. Ulardan ayrimlari videokonferentsaloqa orqali ishtirok etdi.
“Tadbir yakunida “Mozori-Sharif — Kobul — Peshavor” temir yoʻlini qurish loyihasini amalga oshirish boʻyicha erishilgan asosiy kelishuvlarni oʻzida mujassam etgan qoʻshma “Yoʻl xaritasi” imzolandi, - deyilgan xabarda.
Xabarda taʼkidlanishiga koʻra, “Mozori-Sharif — Kobul — Peshavor” temir yoʻlining qurilishi Janubiy Osiyo va Yevropa davlatlari oʻrtasida Markaziy Osiyo orqali yuklarni tashish vaqtini hamda narxini sezilarli darajada kamaytiradi.
Pogranichnыy Most Drujbы Xayraton-Termez - predmet nostalgii po sovetsko-afganskoy drujbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2019
Iqtisod
“Mozori Sharif – Qobul – Peshavar” temir yoʻli necha pulga tushadi
Shuningdek, yangi transafgʻon temir yoʻli - Pokistonning “Karachi”, “Qasim” va “Gvadar” dengiz portlariga chiqadi va Janubiy Osiyo temir yoʻl tizimini Markaziy Osiyo va Yevroosiyo temir yoʻl tizimlari bilan bogʻlaydi. Bu bilan Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini keskin oshirishga, Yevropa va Osiyoni eng qisqa quruqlik yoʻli bilan bogʻlaydigan koʻprikka aylanadi.
Undan tashqari, ushbu loyihani amalga oshirish, Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, oʻn minglab yangi ish oʻrinlari tashkil etish hamda mineral resurslarga boy zaxiralarni oʻzlashtirishga sharoit yaratadi.
Yigʻilishda soʻzga chiqqan xalqaro moliya institutlari vakillari, loyihaning strategik ahamiyatini taʼkidlab, unda hamkorlikda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s ministrom inostrannыx del Afganistana Xanifom Atmarom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Afgʻoniston TIV rahbarlari qator masalalarni muhokama qildi
Shu bilan birga, Temir yoʻl yoʻnalishining aksariyat qismi togʻli hududlardan oʻtgani sababli, loyiha murakkabligi va loyihaoldi hujjatlarini yuqori sifatli qilib tayyorlashni kerakligi va puxta ilmiy-iqtisodiy tahlil oʻtkazish zarurligi qayd etildi. 
OIIB vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, YETTB vitse-Prezidenti Alan Pillou, ITB vitse-prezidenti Mansur Muxtor, Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, OTB departamenti Bosh direktori Yevgeniy Jukov va Yevropa investitsiya banki Prezidentining maslahatchisi Flaviya Palanza trans-afgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini amalga oshirish tashabbusini maʼqulladilar.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 29 dekabrda Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston rahbarlari “Mozori Sharif — Kobul — Peshavor” temir yoʻlini qurish loyihasini qoʻllab-quvvatlash taklifi bilan xalqaro moliya institutlariga murojaat yuborgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala