Pentagon Rossiya bilan yadroviy urush yuz berishi ehtimoli haqida bayonot berdi

© AFP 2023 / DANIEL SLIMShtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
Xitoy va Rossiya tomonidan bo‘layotgan agressiv harakatlar, amerikalik admiral fikriga ko‘ra, Vashington tomonidan javobsiz qoldirilishi kerak emas.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. AQSh strategik qo‘mondonligi rahbari Charlz Richard Rossiya yoki Xitoy bilan yadroviy urush ehtimoli haqida bayonot berdi. U bu haqda Qo‘shma Shtatlar Harbiy-dengiz institutining rasmiy nashri fevral soni uchun yozgan maqolasida keltirib o‘tgan.
Spasskaya bashnya Moskovskogo kremlya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2020
Moskva — Vashington — Pekin: koronainqiroz "Katta uchlik" vujudga kelishini tezlashtiradi
Richardning ta’kidlashicha, Pentagon SSSR barham topgan davrdan buyon yadroviy derjava bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv ehtimoli haqida o‘ylamagan, ammo hozir holat o‘zgargan.
"Rossiya yoki Xitoy bilan mintaqaviy inqiroz, agar oddiy qurol-aslahalardan foydalanganda yutqazib, bu siyosiy tuzilma yoki davlatga tahdidni yuzaga keltirgan taqdirda, holat qisqa fursatda yadroviy quroldan foydalaniladigan mojaroga aylanib ketishi mumkin", — deb bayonot qildi Richard.
Admiralning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning ehtimoliy dushmanlari tomonidan yadroviy quroldan foydalanish ehtimolini inkor etish katta xatolik bo‘lar edi.
Yadroviy kuch: Rossiya suvosti kema va aviatsiya ishtirokida strategik mashq o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2020
Yadroviy uchlik: Rossiya suvosti kema va aviatsiya ishtirokida mashq o‘tkazdi
Richardning fikricha, AQSh mudofaa vazirligi hozirda terrorizmga qarshi kurash bilan mashg‘ul bo‘lgan bir vaqtda, Rossiya va Xitoy go‘yoki xalqaro normalarga kuch tomonlama chaqiriqlar tashlab, agressiv siyosatni o‘tkaza boshlagan.
Bu esa sovuq urush davridan buyon misli ko‘rilmagan holatdir.
Bu singari harakatlar, amerikalik admiral fikriga ko‘ra, Vashington tomonidan javobsiz qoldirilishi kerak emas.
"Ularning agressiyasini jilovlab turish uchun biz faol tarzda raqobatlashishimiz darkor; ularning tashabbuslariga yon berganda, biz ularning Qo‘shma Shtatlar ularga javob qaytarishni istamaydi yoki javob qaytarolmaydi degan tushunchasini mustahkamlab, bu bilan ularni yanada g‘ayratini oshirib yuborish xatarini yuzaga keltirmoqdamiz", — deb yozadi Richard.
Bundan tashqari, u Xitoy va Rossiyaning tobora oshib borayotgan va "insonni zumda o‘ziga keltiradigan" yadroviy imkoniyatlarini qayd etib o‘tgan. Jumladan, Richard Rossiya yadroviy kuchlari modernizatsiyasi va Moskva tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi qurol-aslahalar haqida batafsil hikoya qilgan.
Yangiliklar lentasi
0