Jamiyat

Qizlarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga joʻnatgan ayol qoʻlga tushdi

© AFP / VALERY HACHEDevushki legkogo povedeniya
Devushki legkogo povedeniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Odam savdosi bilan bogʻliq fakt boʻyicha Toshkent shahar Yunusobod tumani tergov boʻlimi tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari profilaktik tadbirlar davomida 25 yoshli Diana S. qizlarni Turkiyaga joʻnatish bilan shugʻullanishini aniqlashdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
V aeroportu Tashkenta zaderjanы sutenershi, pыtavshiyesya otpravit devushku v Turtsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Hodisalar
Toshkent aeroportida bir qizni Istanbulga fohishalikka yuborayotganlar qoʻlga olindi
Diana 19 yoshli E.M.ning ishonchiga kirib, unga yaxshi daromad evaziga baʼzi narsalarni Anqaraga olib borish va olib kelishni taklif qilgan. 24 dekabr kuni E.M. Turkiyaga joʻnatilgan.
Anqaraga kelishi bilan qizni bir ayol kutib olib, uning pasporti olib qoʻyib, fohishalik bilan shugʻullanish uchun mehmonxonaga yoʻnaltirgan.
26 dekabr kuni E.M. huquni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan va 6 yanvar kuni Oʻzbekistonga deport qilingan.
8 yanvar kuni E.M. Yunusobod tumani IIO FMBga murojaat qildi va 12 yanvar kuni Dianaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2-qismi (“Odam savdosi”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala