Analitika

Qora dengizga yana AQSH esminetsi kirib keldi: buyogʻi nima boʻladi

Rossiya qirgʻoqlari yaqinida Pentagon manevrlariga aviatsiya va dengiz kuchlari yordamida faol qarshi turish Rossiya Federatsiyasi xavfsizligi shartidir. Shu bois, Rossiya jangovar harakatlarga tayyor va ayni vaqtda qisilgan prujina holatida turibdi
Qora dengiz akvatoriyasiga 28 yanvar kuni joriy yilda hisob boʻyicha ikkinchi amerika esminetsi - "Porter" kirib keldi - u Rossiya Qora dengiz floti va Havo-kosmik kuchlari tomonidan tezkorlikda aniqlandi.
Samolet Su-24 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.02.2021
Dunyoda
AQSH kemasi yonidan Su-24 bombardimonchisi uchib oʻtishi videoga olindi
Mashgʻulotlar davomida 30 yanvar kuni sakkizta qiruvchilar va bombardimonlar (bir juftdan Su-30SM, Su-24M, Su-27, Su-34) Qrim va Krasnodar oʻlkasidagi aviabazalardan havoga koʻtarildi va Qora dengizning gʻarbiy qismida kema boʻylab shartli raketa-bomba zarbasini yoʻllashdi.
Shu bilan birga, amerikaliklarga ittifoqdosh boʻlgan Bolgariya va Ruminiya Harbiy havo kuchlari hattoki joyidan siljiy olmadi yoki shunchaki jangovar reaktsiyani koʻrsatishga ulgurmadi. Yodga solish joizki, "Porter" 23 yanvar kuni Rossiya HKK tomonidan shartli ravishda yoʻq qilingan birtipli ("Arli Berk") "Donald Kuk" esminetsi bilan hamkorlikdagi harakatlar uchun yoʻl olayotgan boʻlgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi qora dengizga taalluqli boʻlmagan mamlakatlar jangovar kemalarining Qora dengizda boʻlib turishi barqarorlikni mustahkamlamaydi, deya koʻp bora qayd etgan. AQShning Ukrainadagi elchixonasi 28 yanvar kuni Qora dengizdagi AQSH HDKga tegishli "Porter" esminetsi NATO ittifoqchilari va sheriklarini qoʻllab-quvvatlash uchun xavfsizlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan harakatlarda qatnashishini maʼlum qildi. Bu goʻyoki, Montre konventsiyasi doirasida va xalqaro suvlarda amalga oshirilmoqda.
Atomnaya podvodnaya lodka VMF Rossii. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2021
Kolumnistlar
Putin “matryoshkasi” yoki Rossiyaning yangi suv osti kemasi haqida nimalar maʼlum boʻldi
Afsuski, AQSH Harbiy dengiz kuchlari dengizlarning alohida uchastkalarini Rossiyaniki deb tan olmaydi va ataydan mojaroli holatlarni yuzaga keltirishadi. Sal avval "Jon Makkeyn" esminetsi Petr Velikiy qoʻltigʻida (Vladivostok yaqinida) RF chegarasini buzdi va taran qilinish tahdidi bilan kemalarga qarshi qoʻllaniladigan Tinchokeani flotining ulkan "Admiral Vinogradov" kemasi bilan neytral suvlarga quvib chiqarilgan edi.
Amerikaning "dengiz erkinligi" namoyishlari Qrim yarim oroli yaqinlarida ham sodir boʻlishi istisno etilmaydi. AQSH HDKda bu singari fitnalarni "pozitsiyalar keskinlashuvi va qatʼiy qarshilik" deya ataydilar. Qora dengizda qarama-qarshilikni xohlovchilar yanvar va fevralda texnologik kamsitishning butun achchigʻini oʻzlarida tatib koʻrishdi - reallikka xush kelibsiz.
Noveyshiy korvet Gremyaщiy na ispыtaniyax v Baltiyskom more - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.01.2021
Kolumnistlar
"Gʻarb uni asosiy tahdid deb biladi". Rossiya eng katta atom kemasini yangilamoqda

Hayot va oʻlim orasida

Amerika esminetslari "Donald Kuk" va "Porter" 28 yanvar kuni Qora dengizda allaqanday operatsiyani amalga oshirishdi, NATOdagilar esminetslarning paydo boʻlishini Rossiya "harbiy qudrati oshishi" bilan izohlashdi.
Voqeani yaqinroq tomosha qilamiz.
"Arli Berk" tipidagi ikkita raketa kemalari 120dan ortiq uzoqqa (1600 kmga qadar) uchuvchi va aniqliligi oʻta yuqori "Tomagavk" qanotli raketalarini olib yurishga qodir, ularning bir qismi - yadroviy boyegolovkalarga ega. Esminetslar shuningdek, kemalarga qarshi ASROC raketalari, "Standart" zenit raketalariga ega va axborot-boshqaruv tizimlari bilan, "Idjis" raketalarga qarshi mudofaa tizimi komponentlari bilan taʼminlangan.
Esminets Nastoychivыy v Baltiyske Kaliningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.12.2020
Kolumnistlar
“Chiroyli yurish”: Rossiya Qora dengizda NATO kemalarini jilovlash chorasini topdi
Amerikaliklar fikriga koʻra, Rossiya chegaralari yaqinidagi ushbu butun boshli portlash xavfi mavjud boʻlgan arsenal mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va NATO ittifoqchilari bilan oʻzaro aloqalarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Aslida esa, biz, ikkita esminets kuchlari bilan Qora dengizning tinch suvlarida sarosimani yuzaga keltirishga va Rossiyani qoʻrqitib qoʻyishga boʻlgan ayanchli urinishlarga guvoh boʻlmoqdamiz. Ammo Rossiya Liviya yoki Yugoslaviya emas. Pentagonda qanday reaktsiyani kutishgani nomaʼlum, biroq, harbiy tomondan bosim oʻtkazishga boʻlgan harakat ochiqchasiga ayanchli boʻlgani rost.
Yanvar oyi oxirida AQSH harbiy-dengiz kuchlarining ikkita esminetsini shartli boʻlsada, biroq ishonchli tarzda yoʻq qilinishi shuni koʻrsatadiki, Qora dengiz mintaqasida "ittifoqdosh hamkorlik"ka qarshi qurollangan qarama-qarshilik real yuz bergan taqdirda Rossiyaning koʻplab marotaba takrorlangan va yuqori texnologik nazorati ostida boʻladi.
Qora dengiz gorizontida surunkali paydo boʻlib turadigan AQSH va NATOga tegishli alohida "qora dengizga aloqasi boʻlmagan" kemalar va samolyotlardan farqli oʻlaroq, Rossiya mudofaa qobiliyati hammasini birda jamlagan integrallashgan ishlarni oʻz ichiga oladi. Bu yerda gap ishga solingan kuch va vositalarda emas, balki tezkor reja va uni amalga oshirishning texnologik darajasida.
Boz ustiga, Rossiyaga kerakli barcha narsa uning qoʻl ostida, minglab kilometrga choʻziladigan murakkab logistika talab etilmaydi.
Rossiya harbiy dengizchilari AQSH kemasini toʻxtatishdi: hammasi qanday boʻlgan edi? - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2020
Video
Rossiya harbiy dengizchilari chegarani kesib oʻtgan AQSH kemasini toʻxtatishdi - video
Qora dengizdagi ikkita raketali esminets va Laramie zapravkachi-kemasidan iborat AQSH harbiy dengiz kuchlari guruhi - Rossiya HKK va HDKga tegishli qiruvchi va bombardimonchi aviatsiya, harbiy kemalar va suvosti kemalari, qirgʻoq raketa tizimlari va radio elektron kurash vositalari uchun oʻquv mashgʻulotlarini mashq qilish uchun murakkab nishon vazifasini ijro etadi, xolos.
Barcha kuchlar va vositalar tunu-kun, muvofiqlashtirilgan va deyarli sinxron ishlamoqda.
Rossiyaga doʻstona boʻlmagan ikki amerika esminetsning ushbu tashrifi fonida eng yangi raketa fregati "Admiral Makarov" joylashgan bazani tark etdi va dengizda jangovar-tayyorgarlik vazifalarini bajardi. Mashqlar rejasiga koʻra, shartli dushmanga tegishli kema Qora dengiz flotining qirgʻoq obʼyektlariga zarba berishni moʻljallagan.
Dushman harakatlarini siqib, "Admiral Makarov" Qora dengiz floti qirgʻoq raketa majmualari bilan hamkorlikda dengiz jangi algoritmlarini mashq qildi va shartli ravishda dushman kemalarini "Kalibr-NK" raketa majmuasi bilan yoʻq qildi. Fregatning jangovar raschetlari shuningdek havodagi nishonlar boʻyicha ham mashqlarni bajardilar.
Oldinroq, artilleriya oʻq otish (maqsadli) mashgʻulotlarini "Pыtlivыy patrul kemasi olib borgan edi, u xuddi shu tarzda "shartli dushman kemasi"ni (nishon qalqoni) muvaffaqiyatli safdan chiqardi. Barcha holatlarda amerika esminetslari "Donald Kuk" va "Porter" yaqin joyda boʻlishgan edi, ehtimol,  Qoradengiz floti tayyorgarlik rejalari shunga toʻgʻri kelgan boʻlsa kerak.
Xavotirga tushgan amerikaliklar hattoki radiolokatsiya orqali aniqlanuvchi samolyot - Boeing E-3 Sentry Qora dengiz havo hududiga yuborishdi, u real jangovar muhitda ustuvor tartibda urib tushirilgan boʻlardi.

Sarob ittifoqdoshlar va reallik

23-yanvar kuni Rossiya aviazarbasi mashgʻulotlari jarayonida Ruminiya HHK qiruvchilari amerikaning "Donald Kuk" esminetsini himoya qilishga urinishdi, ammo kema, hatto HKK shartli hujumiga qadar kema "Bal" qirgʻoq raketa tizimlari nishoniga aylandi. u skanerlangani va raketalar toʻppa-toʻgʻri unga yoʻnaltirilgani haqida ogohlantirildi.
Zvukoteplovoy kompleks avtomatizirovannoy artilleriyskoy razvedki Penitsillin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Dunyoda
Rossiya armiyasi “Penitsillin” - yangi razvedka qurolini oldi
Eslatib oʻtaman, "Bal" mobil majmuasi 64tagacha X-35 raketalari jangovar komplektiga ega  va 280 km boʻlgan masofada kemalarni yoʻq qilishga qodir, yaʼni Qrimdan turib Qora dengiz akvatoriyasining muhim qismini "oʻqqa tuta oladi".
Agar haqiqiy mojaro yuz berganida, ruminiyalik qiruvchilar AQSH HDK esminetslarini "toʻsa olmasligi" mumkin edi va Qrimda joylashgan nishonga olish masofasi 400 km.gacha boʻlgan Rossiya S-400 "Triumf" tizimining nishoniga aylanishi turgan gap edi.
Natijada amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlariga Rossiya Qrimining janubi-gʻarbiy chegaralari yaqinida hamkorlikda mashgʻulotlar oʻtkazish rejasidan voz kechishga majbur boʻlishdi, "Donald Kuk" va "Porter" esminetslari Ukraina hududiy suvlariga qisib qoʻyildi.
AQSH HDK ikkita kemasining PASSEX tipidagi va Ukraina HDK kater taktik guruhining hamkorlikdagi mashgʻulotlari jimjit va koʻzga koʻrinmagan holatda oʻtkazildi. Ukraina qoʻmondonligi maʼlumotiga koʻra, "Qora dengizda xavfsizlikni taʼminlash, oʻquvlarni takomillashtirish va Ukraina HDK va AQSH HDK kemalari ekipajlarining koʻpmillatli taktik guruhlar tarkibida hamkorlikdagi dengiz operatsiyalarini oʻtkazishda bir-biriga mosligi oʻrganilgan".
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferentsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2020
Siyosat
Bunaqasi dunyoda hech kimda yoʻq - Putin yangi qurol haqida
Ukraina floti bitta Island sinfidagi patrul kemasi va ikkita "Nikopol" va "Kostopol" zirhli artilleriya qayiqlari bilan namoyish etilgan. Oʻquv mashgʻulotlarining barcha elementlari goʻyoki rejalashtirilgan va NATO standartlariga muvofiq amalga oshirilgan. AQSH harbiy-dengiz kuchlari raketa esminetsi qoʻmondoni Tomas Ralston yangi "Ukraina floti bilan birgalikda mashqlarni" intizorlik bilan kutmoqda.
Zaif qurollangan artilleriya qayiqlari va raketa esminetslarini qoʻshma dengiz operatsiyasida birlashtirish texnologik jihatdan imkonsiz ekanligidan hech kimni bezovta qilmayapti.
Ukraina va Gruziya qattiq turib NATO eshiklarini taqillatmoqda. Bolgariya va Ruminiyada harbiy infratuzilma va materiallar zaxiralari, shuningdek, alyans kuchlarini qabul qilish va tezkor joylashtirishni tashkil qilish uchun oldinga muvofiqlashtirish markazlari yaratilmoqda.
Ruminiyaning Câmpia Turzii aviabazasi AQSH strategik hujum qurollarini joylashtirish platformasiga aylandi. Bularning barchasi - bir necha daqiqada yoʻq boʻlib ketishi mumkin boʻlgan, oʻsib boradigan imkoniyatlar haqida xom xayol.
Minoboronы opublikovalo video ispыtaniy raketы Sarmat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2020
Putin: dunyoda qurollanish poygasi boshlangan, Rossiya unga qoʻshilmaydi
Qora dengizga Amerika harbiy kemalarining kelishi hozircha Montryo konventsiyasini buzmayapti va gʻayrioddiy narsa emas. Shunga qaramay, Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Bosh shtabining sobiq boshligʻi, admiral Viktor Kravchenkoning fikriga koʻra, bunday hollarda Rossiya u yerda ularning boʻlishini noqulay holga keltirishi kerak.
Bu fikrga rozi boʻlmaslik mushkul. Qachondir AQSH va NATO dengizda qolish vaqti (uch hafta), ruxsat etilgan tonnaj va Qora dengizdagi harbiy kemalar soni boʻyicha Montryo konventsiyasidan tashqariga chiqsa, Rossiya "sheriklar"ni shubhasiz ustun kuch va vositalar bilan kutib oladi.
RF Qurolli Kuchlari - Qora dengiz davlatlarining mintaqaviy barqarorligi va milliy xavfsizligining haqiqiy kafolati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala