Rossiya

Rossiya yana ikki mamlakat bilan parvozlarni tiklashga qaror qildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishSamolet na vzletnoy polose
Samolet na vzletnoy polose - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 15 fevraldan Ozarbayjon va Armaniston bilan muntazam parvozlarni tiklash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya 15 fevraldan Ozarbayjon va Armaniston bilan muntazam parvozlarni tiklaydi. Mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli hujjatga imzo chekdi.
Aeroport v gorode Buxara, Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Jamiyat
Eron aviakompaniyasi Samarqand va Buxoroga parvozlarni yoʻlga qoʻymoqchi
15 fevraldan Moskva va Boku oʻrtasida  (haftada ikki marta) va Moskva va Yerevan oʻrtasida (haftada toʻrt marta) parvozlar amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 8 fevraldan Moskva va Bishkek oʻrtasidagi reyslar soni haftasiga uchtagacha koʻpaytiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya 27 mart kuni koronavirus tarqalishi tufayli muntazam xalqaro va charter parvozlarni toʻxtatib qoʻygan edi. Avgust oyida Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Keyinchalik Shveytsariya, Misr, BAA, Maldiv, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreya, Serbiya, Kuba va Yaponiya bilan ham parvozlar oʻzaro kelishuvga asosan tiklandi. Bundan tashqari, 27 yanvardan Vyetnam, Hindiston, Finlyandiya va Qatarga uchishga ruxsat berildi. Shu tariqa, xalqaro aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda, lekin hozircha Oʻzbekiston bilan tiklangani yoʻq.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala