Dunyoda

Ukraina muxolifati Zelenskiyga impichment jarayonini boshlamoqchi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishPrezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Ukrainaning “Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi Vladimir Zelenskiyga impichment jarayonini boshlashini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Ukrainaning “Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi bir qator ukrain telekanallarini yopish qaroridan keyin prezident Vladimir Zelenskiyga impichment jarayonini boshlaydi. Bu haqda fraktsiya hamraisi Vadim Rabinovich maʼlum qildi.
Predsedatel LDPR Vladimir Jirinovskiy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.01.2021
Dunyoda
Jirinovskiy oʻzining Ukraina prezidenti etib saylanish imkoniyatiga baho berdi
“Yaqin kunlarda bizning keyingi qadamlarimizni belgilab beradigan partiyaning favqulodda qurultoyini oʻtkazamiz. Yodda tuting, siz na partiyamiz, na millionlab saylovchilarimiz ogʻzini yopasiz... Saylovchilar va mamlakat ustidan kulgan prezident Zelenskiyga impichment jarayonini boshlaymiz”, - dedi Rabinich Oliy radadagi chiqishi davomida.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻz farmoni bilan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining qator ukrain telekanallariga qarshi besh yil muddatga sanktsiya joriy etish qarorini amalga kiritgan edi. Xususan, “112.Ukraina”,” NewsOne” va “ZIK” telekanallari taqiqqa tushgan. Ushbu kanallarda koʻpincha "Muxolifat platformasi – Hayot uchun” partiyasi deputatlari chiqish qilishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala