Yangiyo‘lda yosh qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgan begona shaxs qidirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDevochka vibirayet portfel
Devochka vibirayet portfel  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Obuna bo‘lish
1-sinf o‘quvchisi darsini tugatib maktabdan chiqqan vaqtida, uning yoniga noma’lum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkent viloyati IIBB Yangiyo‘lda begona shaxs yosh qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgani aytilgan video yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat Yangiyo‘l shahar IIB va prokuratura nazoratiga olingan va surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Asosiysi o‘quvchi qiz sog‘lom va ota-onasi yonida. Maktabda darslarida ishtirok etmoqda”, - deyilgan xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 29-yanvar kuni soat 12-10 larda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 2013-yilda tug‘ilgan, 1-sinf o‘quvchisi S.A. darsini tugatib maktabdan chiqqan vaqtida, uning yoniga noma’lum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan. Unga shirinlik olib berishini aytib, qo‘lidagi maktab sumkasini olib birgalikda bozor tomonga harakatlangan.
Pustie parti v odnom iz klassov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2019
XTV Yunusobod tumanidagi bola o‘g‘rilari haqida ma’lumot berdi
Ular biroz yo‘l yurgandan keyin qizaloq u bilan ketmasligini aytib, xarxasha qilib yig‘lay boshlagan. Shundan so‘ng u qizga sumkasini qaytarib bergan va o‘zi yo‘lida davom etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video xabarlarda ham aks ettirilgan.
Holat yuzasidan kelib tushgan xabarga asosan shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surushtiruv ishlari boshlangan.
Surushtiruv davomida qizning ota-onasi video tasvirda aks etgan shaxsni tanimasligini ma’lum qilgan.
Hozirda ushbu shaxsning kimligini aniqlash va holatga huquqiy baho berish yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan surushtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0